1 oktyabrdan nimalar özgaradi?
30-09-2025, 13:31
886 марта

1 oktyabrdan nimalar özgaradi?
Özbekistonda 1 oktyabrdan kuçga kiradigan qonunçilikdagi özgarişlarni bir yerga jamladik.
«Yaşil makon» platformasida oçiqlik taminlanadi
«Yaşil makon» umummilliy loyihasini amalga oşirişda jamoatçilik iştirokini oşiriş, «Yaşil makon» platformasida oçiqlikni taminlaşga qaratilgan quyidagi mexanizmlar joriy qilinadi, jumladan:
aholi taşabbusi bilan daraxt ekilişi mumkin bölgan aniq hudud, suv taminoti, keyinçalik parvariş qiliş imkoniyati va daraxtlarning turlarini körsatiş;
«Yaşil makon» loyihasiga Davlat byudjeti mablağlaridan amalga oşiriladigan işlar töğrisidagi malumotlarni jamoatçilikka «har bir tiyin sarflanişini kuzatiş» tamoyili asosida onlayn yetkaziş.
Skuter va moped haydaş uçun haydovçilik guvohnomasi majburiy böladi
Endilikda moped va skuter haydovçilari uçun yangi qoida kuçga kiradi — ularni boşqariş uçun haydovçilik guvohnomasi talab etiladi. Skuter yoki mopedni röyxatdan ötkaziş narxi 3,7 BHM (1 525 400 söm) qilib belgilangan. Öquv kurslari esa 2 mln sömgaça. Guvohnoma oliş uçun davlat boji – 288 400 sömni taşkil qiladi. Raqam oliş BHMning 1,5 baravari — 618 ming söm. Bunda umumiy xarajat deyarli 4,5 mln sömdan oşmoqda.
1 oktyabrdan boşlab Xalq bankida pensiyalarni naqd şaklda berişda Face ID biometrik identifikatsiya va elektron raqamli imzolardan foydalaniladi. Tölov oluvçilar tölov qaydnomalarini planşetda elektron şaklda imzolaşlari mumkin böladi. Adliya vazirligi Pensiya jamğarmasi va Xalq bankining elektron söroviga köra biometrik identifikatsiyalaş uçun malumotlarni taqdim etadi. Davlat xizmatçilarining xizmat safarlari uçun yagona modul yölga qöyiladi.
Qonunçilikka köra, davlat xizmatçilarining xorijiy va içki xizmat safarlarini taşkil etiş, hisobini yuritiş va tahlilini olib boriş «hrm.argos.uz» elektron tizimi tarkibidagi «Xizmat safari» yagona moduli orqali amalga oşiriladi.
«Çiroyli» davlat raqami belgilarining auktsion savdolari töxtatiladi
Vazirlar Mahkamasining 4 sentyabrdagi qaroriga muvofiq, «Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi» 2025 yil 1 oktyabrdan boşlab «çiroyli» davlat raqami belgilarining auktsion savdolarini töxtatadi.
Ayrim moliyaviy yordamlar ijtimoiy karta orqali ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining 11 mart kungi qarori bilan Kambağallikni qisqartiriş davlat maqsadli jamğarmasi faoliyatini taşkil etiş tartibi tasdiqlangan edi. Qarorga köra, 2025 yilning 1 oktyabridan jamğarma mablağlari hisobidan fuqarolarga naqd pul şaklida beriladigan mablağlar bosqiçma-bosqiç ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi.