XDP moped va skuterlar uçun guvohnoma talabiga qarşi çiqdi
20-09-2025, 17:49
595 марта

XDP moped va skuterlar uçun guvohnoma talabiga qarşi çiqdi
Özbekistonda 2024 yil 1 oktyabrdan boşlab moped va skuterlarni boşqariş uçun haydovçilik guvohnomasi majburiy etib belgilangan. Uşbu yangilik jamoatçilik orasida keng muhokamalarga sabab böldi. Xalq demokratik partiyasi esa bu qarorga qarşi çiqdi va rasmiy bayonot berdi.Partiya takidlaşiça, hozirda 130 ming nafarga yaqin yoşlar velosiped, moped va skuterlar orqali kurerlik xizmati bilan şuğullanmoqda. Ularning asosiy daromadi şu soha orqali şakllanadi.
XDP fikriça, kambağallikni qisqartiriş va barqaror iş örinlarini yaratiş uçun davlat tomonidan köplab çora-tadbirlar amalga oşirilayotgan ayni davrda moped va skuter haydovçilaridan guvohnoma talab qiliş ularni murakkab vaziyatga solib qöyadi. Boisi, bu yoşlar boqimandalik kayfiyatiga berilmay, öz mehnati orqali daromad topişga intilmoqda.
Partiya vakillari guvohnoma joriy etilişi natijasida yuz minglab yoşlar bir kunda daromadsiz, işsiz qolişi mumkinligini qayd etib, masalani qayta körib çiqiş zarurligini bildirdi.
Şu sababli XDP:
• 1 oktyabrdan moped va skuterlarni boşqariş uçun haydovçilik guvohnomasi talab etilişi muddatini keyingi yilga qoldirişni,
• guvohnoma va davlat raqamini oliş muddatlari hamda tölov miqdorlarini qayta körib çiqişni taklif etdi.
Partiya Özbekiston kambağallikni qisqartiriş va özini özi band qilganlarni qöllab-quvvatlaş böyiça xalqaro miqyosda etirof etilayotganini eslatib, şu ruhdagi siyosatni davom ettiriş maqsadga muvofiqligini takidladi.
XDP mazkur ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega masala böyiça davlat siyosatiga munosib yeçim topilişini sörab, deputatlik sörovi kiritişini malum qildi.