1 oktyabrdan moped va skuter haydovçilari uçun guvohnomalar majburiy böladi
17-09-2025, 14:15
371 марта
1 oktyabrdan moped va skuter haydovçilari uçun guvohnomalar majburiy böladiHaydovçilardan uşbu sanaga qadar transport vositalarini röyxatdan ötkazib, "A" toifadagi haydovçilik guvohnomasini oliş söralgan.
Avvalroq, moped va skuter haydovçilari 2025 yil 1 martgaça "A" toifadagi haydovçilik guvohnomasini olişi, 2025 yil 30 sentyabrgaça esa transport vositasini röyxatdan ötkazişi kerakligi haqida xabar bergan edik.
IIV YHXBB eslatişiça, 1 oktyabrdan boşlab moped va skuterlarni boşqarişga faqat ular davlat röyxatidan ötkazilganidan keyin va "A" toifadagi haydovçilik guvohnomasi mavjud bölganda ruxsat beriladi.
Uşbu qoida dvigatelining işçi hajmi 25 sm3 dan 50 sm3 gaça, şuningdek, elektr dvigatelining quvvati 0,25 kVt dan 4 kVt gaça va konstruktiv tezligi 25 dan 50 km/soat gaça bölgan foydalanişda bölgan moped va skuterlarga taalluqlidir.
Haydovçilardan oldindan röyxatdan ötiş va qonunçilikda belgilangan talablarga rioya qiliş söralgan.