Qirğizistondagi kuçli zilzila Özbekiston va Qozoğistonda ham sezildi
6-10-2025, 11:58
105 марта

Qirğizistondagi kuçli zilzila Özbekiston va Qozoğistonda ham sezildi
Bugun, 6 oktyabr kuni Qirğizistonda sodir bölgan zilzila Özbekiston va Qozoğistonda ham sezildi.Qirğiziston Milliy fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining malum qilişiça, zilzila magnitudasi 6 balli bölgan. Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi esa zilzila epimarkazida seziliş kuçi 7 ball bölganini malum qilgan.
Qirğiziston Milliy fanlar akademiyasi Seysmologiya institutiga köra, yerosti silkinişlari bugun mahalliy vaqt bilan soat 2:28 da qayd etilgan. Zilzila epimarkazi Qirğiziston hududida (Talas toğ tizmasi), Çakmak-Suu qişloğidan 23 km şimoliy-ğarbiyda, Başki-Tuş qişloğidan 25 km şimolda va Talasdan 85 km janubiy-ğarbiyda joylaşgan. Zilzilaning kuç darajasi Çakmak-Suu qişloğida 5,5 ballni, Başki-Terekda – 5 ballni, Kara-Say, Kek-Say, Şeker, Qaynar, Çon-Kara-Buura, Bakay-Ata qişloqlarida – 4,5 ballni, Talas şahrida esa – 4 ballni taşkil etgan.
Zilzila Qozoğistonning janubiy hududlarida ham sezilgan. Milliy seysmologik kuzatuv va tadqiqotlar ilmiy markazi malumotiga köra, zilzila Ostona vaqti bilan soat 1:29 da qayd etilgan. Magnitudasi 5,9 ni taşkil etgan. Yerosti silkinişlarini Jambil va Turkiston viloyatlari hamda Çimkent şahri aholisi his qilgan.
- Namangan viloyatida 3-4 ball, 106 km.
- Andijon viloyatida 3 ball, 144 km.
- Farğona viloyatida 2-3 ball, 176 km.
- Toşkent şahrida 2-3 ball, 199 km.
- Sirdaryo viloyatida 2 ball, 275 km.