USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiy dunyo birdamligi Özbekistonga qanday manfaat keltiradi?

100 марта

Turkiy dunyo birdamligi Özbekistonga qanday manfaat keltiradi?

Turkiy dunyo bugun öz sözini aytişga qodir, öz yölini belgilay oladigan kuçga ega. Kuni keça bölib ötgan Gabala sammitida hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan bir qator muhim taşabbuslar ilgari surildi. Ularning bazilari mamlakatlar rahbarlari tomonidan maqullanib, hujjatlarga kiritildi.
Turkiy dunyo uçun dasturilamal
Prezident Şavkat Mirziyoyev bugungi kunda Turkiy davlatlar taşkiloti doirasida öttiz beşdan ziyod yönalişlarda amaliy hamkorlik olib borilayotgani, mamlakatlarimiz örtasida özaro savdo hajmi barqaror ösib, bu körsatkiç 2030 yilga qadar ikki barobar oşişi kutilayotganini takidladi.
Özbekiston yetakçisining “Yangi iqtisodiy imkoniyatlar makonini yaratiş” taşabbusi Gabala sammitidagi eng muhim ğoyalardan biri böldi. Unga köra, turkiy davlatlar özaro savdo, investitsiya, sanoat va texnologiya sohalarida yagona ekotizim yaratişi lozim.
Şavkat Mirziyoyev taklif etgan “Turkiy davlatlar iqtisodiy şeriklik böyiça doimiy kengaş” tuziş va uni Toşkentda joylaştiriş taşabbusi Özbekistonning mavqeini yanada mustahkamlaydi.

Maşinasozlikdan to “yaşil energetika”gaça, qişloq xöjaligidan to farmatsevtikagaça bölgan sohalarda “Turkiy sanoat alyansi” ğoyasi esa kelajak iqtisodiyotining turkiy formulasi sifatida qabul qilinmoqda.
Bugun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi masalasi strategik ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz bu yönalişda ham muhim taklifni bildirdi: turkiy davlatlar organik qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqariş va eksport qilişda jahon yetakçilariga aylanişi mumkin. Şu maqsadda organik mahsulotlarimizni yagona brend bilan jahon bozoriga çiqariş ğoyasi ilgari surildi.
Örta koridor hozirda qurilayotgan Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temir yöli va istiqbolli Transafğon yölagi bilan boğlansa, keng mintaqamizda köp tarmoqli, strategik magistrallar tizimi yaratiladi.
Suniy intellekt, raqamlaştiriş va kreativ iqtisodiyot turkiy hamkorlikning yangi drayverlari sifatida qayd etildi. Uşbu taşabbus turkiy davlatlar uçun innovatsiya va bilim sohasida yagona maydon yaratişga imkon beradi. Bu esa yoşlarimiz uçun yangi imkoniyatlar oçadi.
Gabala sammiti turkiy xalqlarning siyosiy, iqtisodiy va manaviy yaqinlaşuvida yangi bosqiçni boşlab berdi.

Taşkilotning bizga foydasi
TDT doirasidagi hamkorlik Özbekiston uçun bir qator imkoniyatlar eşigini oçadi.
Birinçidan, Özbekiston geografik jihatdan taşkilotning markazida joylaşgan, transport koridorlarini rivojlantiriş biz uçun katta plyus. “Örta koridor” va boşqa logistik transport yölaklari orqali tovarlarni tezroq, arzonroq va xavfsizroq yetkazib beriş mumkin böladi.
TDT davlatlari bilan iqtisodiy munosabatlarni kengaytiriş Özbekiston mahsulotlari uçun yangi bozorlar oçadi. Mahsulotlarni eksport qilişda transport va bojxona tösiqlari kamaysa, tadbirkorlarimizga yengillik böladi.
Hamkor davlatlar bilan birgalikdagi turli sanoat loyihalari, qöşma korxonalar, texnologiyalar transferi Özbekiston iqtisodiyotiga yordam beradi. Yangi iş örinlari, innovatsiyalarni jalb etiş imkoni paydo böladi.
Ikkinçidan, Özbekistonda iqlim özgarişi, havo ifloslanişi, suv resurslari tanqisligi bilan boğliq muammolar bor. “Yaşil energetika”, qayta tiklanadigan energiya, strategik minerallar, qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş kabi yönalişlardagi hamkorlik bu muammolarga yeçim berişi mumkin.
Uçinçidan, turkiy universitetlar, ilmiy loyihalar, adabiy meroslarni birgalikda tarğib qiliş Özbekistonning madaniy nufuzini oşiriş, olimlar örtasida malakali almaşinuvlarni yölga qöyiş imkoniyatini yaratadi.
Törtinçidan, jahondagi beqarorlik, mojarolar va geosiyosiy ziddiyatlar fonida turkiy davlatlar öz manfaatlarini himoya qiliş, bir-birini qöllab-quvvatlaş va yagona pozitsiyada böliş zarurati bilan yuzma-yuz turibdi. Mintaqaviy va global xavfsizlik tahdidlari şaroitida bir-biri bilan strategik hamkorlik, xavfsizlik aloqa kanallarining oçilişi, hamkor davlatlar bilan taşkil etilgan birgalikdagi maşğulotlar Özbekiston uçun xavfsizlik va barqarorlikni taminlaşda muhim vosita böladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: