Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajaga yetdi
9-10-2025, 11:11
362 марта

Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajaga yetdi
Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb 5 milliard dollarga yaqin qiymatda oşdi. Bu haqda Markaziy bank elon qilgan statistik raqamlarda körsatilgan.2025 yil 1 oktyabr holatiga köra, Özbekiston oltin-valyuta zaxiralarining 44,2 milliard dollarlik qismi oltin hissasiga töğri keladi (avgustda bu 40 milliard dollar edi), qolgan qismi esa xorijiy valyuta va qimmatli qoğozlarda saqlanadi.
Taqqoslaş uçun, 2024 yilning şu davrida zaxiralar qiymati 41,1 milliard dollar bölgan, yani bir yil içida ular 13,9 milliard dollarga oşgan. Bu ösişning katta qismi – 12,4 milliard dollar – oltin narxining keskin kötarilişi hisobiga yuz bergan.
“Bloomberg” malumotlariga köra, 2025 yil boşidan beri bir untsiya (31,1 gramm) oltin narxi 2,6 ming dollardan 4 ming dollardan oşgan, yani deyarli 50 foizga qimmatlagan.
Şu bilan birga, oltin zaxirasining qiymati oşgan bölsa-da, hajmi biroz kamaygan. 1 oktyabr holatiga köra, zaxiralarda 11,6 million untsiya (409,1 ming tonna) oltin mavjud. Avgustda bu körsatkiç 11,8 million untsiya, sentyabr boşida esa 12,3 million untsiya bölgan.
Statistika qömitasi malumotlariga köra, 2025 yil yanvar-avgust oylarida Özbekiston 22,98 milliard dollarlik tovar va xizmat eksport qilgan, şundan 8,42 milliard dollari (36,7%) oltin eksporti hissasiga töğri kelgan — bu mamlakat tarixidagi eng yuqori körsatkiç hisoblanadi.