USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prezident Tojikistondagi sammitda muhim taşabbuslar bilan çiqdi

136 марта

Prezident Tojikistondagi sammitda muhim taşabbuslar bilan çiqdi

Prezident Şavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi ikkinçi sammitda iştirok etdi. Unda prezident strategik şeriklikni mustahkamlaş, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş va mintaqaviy barqarorlikni birgalikda taminlaşga qaratilgan köplab taşabbuslarni ilgari surdi.

Xususan:

- birgalikda qabul qilingan qaror va loyihalar ijrosini tezlaştiriş uçun hukumat rahbarlari örinbosarlari darajasida Muvofiqlaştiruvçi kengaş tasis etişni taklif qildi;
– tovar ayrboşlaşni köpaytiriş va qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetkazib beriş jarayonlarini yengillaştiriş maqsadida “Markaziy Osiyo – Rossiya agroekspressi” loyihasini işga tuşirişni taklif qildi;
– avtomobil, temir yöl va aviatsiya aloqalari sohasida milliy dasturlarni uyğunlantiriş uçun mamlakatlarimiz Transport-logistika konturini işlab çiqiş taşabbusini ilgari surdi;
 
– Buxoro şahrida ilğor muhandislik yeçimlarini işlab çiqiş va joriy etişga qaratilgan “Markaziy Osiyo – Rossiya" sanoat injiniring xabini taşkil etişni taklif etdi;
– Toşkentda ötkaziladigan “Innoprom. Markaziy Osiyo” körgazmali forumiga mintaqaning asosiy sanoat va innovatsiya maydoni maqomini beriş taklifi bilan çiqdi;
– atom energetikasi yönalişida Mintaqaviy kompetentsiyalar markazini Özbekistonda taşkil etiş, şuningdek, Moskva davlat muhandislik-fizika institutining Toşkent filiali negizida Kadrlar tayyorlaş dasturini qabul qiliş taşabbusini bildirdi;
– “Markaziy Osiyo va Rossiya energetik şerikligi” kompleks dasturini işlab çiqiş, şuningdek, uglevodorodlarni qidiriş va qayta işlaş, energiya tejovçi va “yaşil” texnologiyalarni joriy etiş böyiça hamkorlikni kengaytiriş taşabbusini ilgari surdi;
– Suniy intellekt va raqamli texnologiyalar böyiça Mintaqaviy ekspert kengaşini taşkil etiş, şuningdek, mamlakatlarda “Skolkovo” innovatsiya markazi filiallarini oçişni taklif etdi;
– “Kelajak muhandislari” konsortsiumini tuzib, Markaziy Osiyo va Rossiyaning yetakçi oliygohlari va ilmiy markazlari salohiyatini birlaştiriş hamda yoş tadqiqotçilar va olimlar uçun Maxsus grantlar dasturini tasis etiş ğoyasini ilgari surdi;
– har yili ötkaziladigan Markaziy Osiyo va Rossiya xalqlari madaniyati, sanati va ijodiyoti festivali — Etnomadaniyat forumini taşkil etiş taklifini bildirdi;
– terrorizm, ekstremizm, kibertahdidlar va odam savdosiga qarşi kuraşiş böyiça birgalikda çoralar köriş muhimligini qayd etdi hamda Afğoniston böyiça yuqori darajadagi maslahatlaşuvlar ötkazişni taklif qildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: