Rossiyadan Özbekiston, Qirğiziston va Qozoğistonga gaz yetkazib beriş 15 foizga oşdi
10-10-2025, 14:23
173 марта

Rossiyadan Özbekiston, Qirğiziston va Qozoğistonga gaz yetkazib beriş 15 foizga oşdi
Rossiyadan Özbekiston, Qirğiziston va Qozoğistonga gaz yetkazib beriş hajmi sakkiz oyda 15 foizga oşdi. Bu haqda “Gazprom” rahbari Aleksey Miller xabar berdi.Miller Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumining yalpi majlisida şunday bayonot berdi. U “Sibir kuçi 2” loyihasini yaqin kelajakda Markaziy Osiyoga gaz eksportini yanada oşiriş imkonini beradigan asosiy omillardan biri deb atadi.
“Özbekiston, Qirğiziston va Qozoğistonda iqtisodiyot juda tez suratlarda ösayotganini takidlab kelmoqdamiz. Keyingi 5-6 yilga möljallangan prognozlarga köra, bu mamlakatlar iqtisodiyoti 60 foizga ösişi mumkin. Bu juda yuqori körsatkiç bölib, qöşimça energiya istemolini, xususan, gaz istemolini ham talab qiladi”, dedi Miller.“Gazprom” rahbari gaz istemoli qanday ösib borayotganiga aniq misol sifatida quyidagilarni malum qildi.
“Biz 2025-yilning 8 oyini ötgan yilning şu davri bilan taqqoslaymiz. Markaziy Osiyoga, yani Özbekiston, Qirğiziston va Qozoğistonga Rossiya gazini yetkazib beriş hajmi 15 foizga oşdi. Bu katta körsatkiç. “Sibir kuçi 2” megaloyihasi doirasidagi loyihalar uşbu mintaqalarga gaz yetkazib berişning yanada ösişiga turtki böladi”, deya xulosa qildi Miller.