USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston va Qirğiziston Qozoğistonga 600 mln metr kub suv beradi

190 марта

Özbekiston va Qirğiziston Qozoğistonga 600 mln metr kub suv beradi

Özbekiston va Qirğiziston Qozoğiston janubida yerlarni suğorişdagi suv taqçilligini yengib ötiş uçun 600 million metr kub suv yuboradi. Bu haqda joriy yilning 7 avgust kuni hukumat brifingida Qozoğiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari Qanat Bozumbayev malum qildi.
Uning sözlariga köra, Qozoğiston janubida hozirgi yerlarni suğoriş bilan boğliq vaziyat zudlik bilan çoralar körişni talab qiladi. Avval tuzilgan davlatlararo kelişuvlar qişloq xöjaligi ehtiyojlari uçun zarur bölgan suv hajmini taminlaş imkonini beradi.
Bozumbayev Özbekiston va Qirğiziston vakillari bilan barça zarur muzokaralar ötkazilganini bildirgan. Bungaça Qozoğistonga suv yetkazib beriş jadvalidan 1 milliard metr kubdan ortiq orqada qoliş qayd etilgan.

“Bizda vegetatsiya davri avgust oyida yakunlanadi. Öylaymizki, tarang vaziyatga qaramay uni talafotsiz ötkazişga harakat qilamiz. Men şaxsan Turkiston viloyatini aylanib çiqdim, köplab tumanlar, suv omborlarini borib kördim, fermerlar bilan uçraşdim. Qizilörda viloyatini ham havodan kördim. Vaziyat tarang, ammo undan ham oğirroq yillar bölgan”, deydi Bozumbaev.

Şuningdek, Qozoğiston Boş vazir örinbosari joriy yilda Markaziy Osiyodagi murakkab iqlim şaroitiga etibor qaratgan. Bunga suv kamligi, yozgi yuqori harorat va yoğingarçilik yetişmasligi kiradi. Bu holat suv oqimini kamaytirgan holda dehqonçilikda suv sarfini oşirgan.
Qanat Bozumbayevning malumotiga köra, Sirdaryo, Çu, Talas daryolari va boşqa kanallarning suv ötkazuvçanligi odatdagidan 30-40 foizgaça pasaygan. Bu esa mintaqaning suv bilan taminlanişida qöşimça qiyinçiliklar tuğdirmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: