Afğoniston hududidan böladigan tahdidlar saqlanib qolmoqda – Mirziyoyev
11-10-2025, 08:21
415 марта

Afğoniston hududidan böladigan tahdidlar saqlanib qolmoqda – Mirziyoyev
Afğonistonda iqtisodiy va ijtimoiy inqiroz çuqurlaşib bormoqda va uning hududidan böladigan xavf-xatar va tahdidlar saqlanib qolmoqda. Bu haqda bugun, 10 oktyabr kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Duşanbe şahrida bölib ötgan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişida söz oçdi.Özbekiston Prezidentiga köra, mamlakatlarning xavfsizligi va barqarorligiga nisbatan umumiy xavf-xatar va tahdidlar haqida köp gapirilgan. Taşqi siyosat idoralari va maxsus xizmatlar yönalişlari böyiça tizimli va yaqin aloqalarni davom ettiriş muhim. Bu örinda söz hamkorlikni muvofiqlaştiriş, axborot almaşiş va qöşma tadbirlarni ötkaziş haqida bormoqda.
“Hamdöstlikning janubiy çegaralari haqida söz yuritar ekanmiz, Afğonistonda saqlanib qolayotgan murakkab vaziyatni unutmasligimiz kerak. Uşbu mamlakatda iqtisodiy va ijtimoiy inqiroz çuqurlaşib borayotganini hisobga olsak, uning hududidan böladigan xavf-xatar va tahdidlar saqlanib qolmoqda. Özbekiston Afğonistonda uzoq muddatli tinçlik, osoyiştalik va barqaror taraqqiyotni taminlaşning qatiy tarafdori ekanini takidlayman”, deydi Mirziyoyev.Prezident şu munosabat bilan uşbu mamlakatda yirik investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oşirişda birgalikda iştirok etiş imkoniyatlarini körib çiqişni taklif etmoqda.