64 yoşli gumondor tergov davrida vafot etgani aytilmoqda
11-10-2025, 09:21
556 марта
64 yoşli gumondor tergov davrida vafot etgani aytilmoqdaSamarqand viloyatida qöy öğirlaşda gumon qilingan 64 yoşli L.I. ismli ayol tergov davrida vafot etgani xabar qilindi. Bu haqda Özbekistondagi mustaqil «Ezgulik» inson huquqlari jamiyatining rahbari Abdurahmon Taşanov özining feysbuk sahifasida yozmoqda.
Malumotlarga köra, u 25 iyul kuni ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olinib, 7-sonli tergov izolyatoriga joylaştirilgan. Diabet bilan oğriganiga qaramay, advokatlarining tibbiy ekspertiza tayinlaş haqidagi sörovi qondirilmagan.
Onaxonning ahvoli oğirlaşgaç, u poytaxtdagi “Sangorod” şifoxonasiga olib borilgan, söng yana izolyatorga qaytarilgan. Bugun esa u vafot etgani malum qilingan.
Hozirça rasmiy idoralar tomonidan voqea yuzasidan izoh berilmadi.