Akbar Jörayev jahon rekordini örnatdi
11-10-2025, 09:24
422 марта

Akbar Jörayev jahon rekordini örnatdi
Norvegiyaning Fyorde şahrida ötayotgan oğir atletika böyiça jahon çempionatida özbekistonlik sportçi Akbar Jörayev dast kötarişda jahon rekordini örnatdi.
-110 kg vazn toifasidagi bellaşuvlarda qatnaşgan Akbar Jörayev dast kötariş maşqida 196 kg, siltab kötarişda esa 228 kg natija bilan dunyo rekordlarini yangiladi. Jörayev har ikki yönaliş va umumiy hisob böyiça jami 3 ta oltin medalni qölga kiritib, 3 karra jahon çempioniga aylandi. U 2021 va 2023 yilgi turnirlarda ham ğolib bölgandi.
