Özbekiston 24 yil ötib yana yunon-rum kuraşi böyiça jahon çempioni böldi
22-09-2025, 10:16
273 марта
Özbekiston 24 yil ötib yana yunon-rum kuraşi böyiça jahon çempioni böldiAytjan Xalmaxanov 24 yillik tanaffusdan söng mamlakatimizga yunon-rum kuraşi böyiça jahon çempioni unvonini olib keldi.
U Xorvatiyaning Zagreb şahrida ötayotgan jahon çempionati finalida hamyurtimiz 63 kg vazn toifasida Janubiy Koreya vakili Çung Xan-Jayeni yirik hisob — 8:0 bilan mağlub etdi.
Bu natija yunon-rum kuraşi böyiça Özbekiston sportçilari uçun 24 yildan keyingi birinçi oltin medaldir. Eslatib ötamiz, sönggi bor 2001 yilda Dilşod Oripov Patri (Gretsiya)da dunyo çempioni bölgan edi.
Zagrebdagi musobaqada Özbekiston terma jamoasi jami 5 ta medalni qölga kiritdi:
🥇 Oltin medal:
63 kg — Aytjan Xalmaxanov (yunon-rum kuraşi)
🥈 Kumuş medal:
60 kg — Alişer Ğaniyev (yunon-rum kuraşi)
🥉 Bronza medallar:
57 kg — Ğulomjon Abdullayev (erkin kuraş)
65 kg — Umidjon Jalolov (erkin kuraş)
72 kg — Abdullo Aliyev (yunon-rum kuraşi)