Çelyabinskda qarovsiz qolgan 5 bola Özbekistonga qaytarildi
15-10-2025, 09:57
199 марта

Çelyabinskda qarovsiz qolgan 5 bola Özbekistonga qaytarildi
Özbekiston Boş konsulxonasi kömagida Rossiyaning Çelyabinsk viloyatida ota-ona qaramoğisiz qolgan beş nafar voyaga yetmagan bola Özbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.Qayd etilişiça, 2008 yilda tuğilgan A.M., 2018 yilda tuğilgan Z.O., 2018 yilda tuğilgan F.O., 2020 yilda tuğilgan I.O. va 2023 yilda tuğilgan T.S.ni Özbekistonga olib keliş maqsadida Çelyabinsk viloyati Ijtimoiy munosabatlar vazirligi Vasiylik va homiylik işlarini taşkil etiş markazi rahbariyati bilan muzokaralar ötkazilgan. Uçraşuv davomida tomonlar masalaga doir hujjatlar bilan tanişib çiqib, Boş konsulxona xodimi guvohligida voyaga yetmagan fuqarolarni topşiriş va qabul qiliş jarayoni bilan boğliq bölgan hujjatlarni rasmiylaştirgan.
Voyaga yetmagan Özbekiston fuqarolari şu yil 11 oktyabr sanasida “Ekaterinburg-Toşkent” aviareysi orqali Özbekistonga kuzatib qöyilgan.