USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

MDH davlatlari razvedkasi rahbarlari Samarqandda yiğiladi

241 марта

MDH davlatlari razvedkasi rahbarlari Samarqandda yiğiladi

Joriy yilning 16-17 oktyabr kunlari Samarqand şahrida Mustaqil davlatlar hamdöstligiga azo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengaşining 57-majlisi hamda MDHga azo davlatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi ötkazilişi rejalaştirilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Uşbu majlislarda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiz Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Özbekiston va Turkmaniston maxsus xizmatlari rahbarlari iştirok etadi.


Tadbirlarda, şuningdek, MDH Ijroiya qömitasi va MDHga azo davlatlar Aksilterror markazi vakillari ham qatnaşadi.

Uşbu anjumanlardan közlangan asosiy maqsad Hamdöstlik makonida xavfsizlikni taminlaş, şu jumladan, xalqaro terrorizm va ekstremizm, transmilliy uyuşgan jinoyatçilik, axborot xavfsizligiga tahdidlar, şuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy xalqaro aylanmasiga qarşi kuraşiş borasida hamkorlikni mustahkamlaşdan iborat.

Yiğilişlar davomida zamonaviy tahdidlar va özaro harakatlarni muvofiqlaştirişga oid keng qamrovli masalalar körib çiqilişi kutilmoqda.
Muzokaralar yakunida delegatsiyalar rahbarlari mintaqaviy va global xavfsizlikni taminlaş borasida özaro hamkorlikning aniq vazifa va yönalişlarini belgilab oladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: