Eng yaxşi nonlar röyxati elon qilindi. Ular orasida özbek noni ham bor
20-10-2025, 14:39
316 марта

Eng yaxşi nonlar röyxati elon qilindi. Ular orasida özbek noni ham bor
Sayohat ixlosmandlari orasida maşhur bölgan "CNN Travel" portali butun dunyodagi eng yaxşi 50 ta non turini taqdim etdi.Naşrning malum qilişiça, Özbekistonda non pişiriş sanat darajasiga kötarilgan – ananaviy tandirlarda yumaloq, burama, aylana naqşlar va muhrlar bilan bezatilgan nonlar tayyorlanadi.
“Özbekiston nonlari hududlarga qarab farq qiladi: Toşkent noni çaynaşga yengil, yumşoq bölsa, Samarqand noni ustiga qora sedana uruğlari sepiladi”, deb yozadi “CNN Travel”.Nonlar tandirdan çiqarilişi bilanoq bozor va qahvaxonalarga velosipedda issiq non taşiydigan yetkazib beruvçilar qöliga topşiriladi.
Dunyodagi eng yaxşi 50 ta non:
- Bolani – Afğoniston
- Lavaş – Armaniston
- Damper non – Avstraliya
- Luçi – Bangladeş
- Pão de queijo – Braziliya
- Monreal begeli – Kanada
- Marraqueta — Çili
- Şaobing – Xitoy
- Pan Cubano (Kuba noni) – Kuba
- Libba – Misr
- Pupusa – Salvador
- Ijera – Efiopiya
- Baguette – Frantsiya
- Xaçapuri – Gruziya
- Pumpernickel – Germaniya
- Pai bao – Gonkong
- Dökkt rúgbrauð – Islandiya
- Paratha – Hindiston
- Roti gambang – Indoneziya
- Sangak – Eron
- Soda non – Irlandiya
- Çallah – Isroil
- Ciabatta – Italiya
- Bammi non – Yamayka
- Kare pan – Yaponiya
- Tabun noni – Urdun
- Roti canai – Malayziya
- Ħobż tal-Malti – Malta
- Tortillas – Meksika
- Xobz kesra – Marokaş
- Fry bread – Navaxo millati (AQŞ hududi)
- Tijgerbrood – Niderlandiya
- Rēwena parāoa – Yangi Zelandiya
- Lefse – Norvegiya
- Podplomyk – Polşa
- Broa de milho – Portugaliya
- Karavay – Rossiya
- Pane carasau – Sardiniya (Italiya hududi)
- Proja – Serbiya
- Geran-ppang – Janubiy Koreya
- Appam – Şri-Lanka
- Kisra – Sudan va Janubiy Sudan
- Limpa noni – Şvetsiya
- Balep korkun – Tibet
- Simit – Turkiya
- Krampet – Birlaşgan Qirollik (Buyuk Britaniya)
- Biskuit – Amerika Qöşma Ştatlari
- Non – Özbekiston
- Arepa – Venesuela
- Malavaç – Yaman.