Bugun özbekistonliklar noyob hodisaga guvoh böladi
21-10-2025, 17:44
685 марта

Bugun özbekistonliklar noyob hodisaga guvoh böladi
Bugun, 21 oktyabr kuni odamlar koinotdagi eng noyob kosmik hodisalardan biriga guvoh böladi. C/2025 A6 (Lemmon) nomli yaşil kometa Yerga eng yaqin masofadan ötadi va bu hodisa ming yildan ortiq vaqt davomida qayta takrorlanmasligi mumkin. Bu haqda “National Geographic” xabar berdi.Astronomlarning bildirişiça, Lemmon kometasi içki quyoş tizimi hududiga kirib kelganidan buyon asta-sekin ravşanlaşib, közga yaqqol seziladigan darajada yorqinlaşgan.
Stroud ismli mutaxassisning aytişiça, Lemmon kometasi bu yil Yer osmonida kuzatiş uçun eng yorqin kometalardan biri hisoblanadi. Kometaning yaşil tusga kirişi uning tarkibida mavjud ikki atomli uglerod (C₂) Quyoş nurlariga duç kelganda parçalanganligi bilan izohlanadi.
Quyoş botgandan söng, Toşkent vaqti bilan taxminan soat 19:00 dan 20:30 gaça Özbekiston osmonidan ham kometani kuzatiş mumkin böladi. Bu kometa 100 foiz aniq körinadi degani emas. Uni izlaş uçun aynan şu vaqt oraliğida osmonning ğarbiy qismini tanlaş tavsiya etiladi. Şuningdek, şahardagi yoruğlik manbalaridan imkon qadar uzoqroqda böliş kerak böladi. Mutaxassislar kometaning Yerga heç qanday xavf tuğdirmasligini takidlamoqda.