Özbekistonliklarda ilgari dunyoda nomalum bölgan önlab yangi gen özgarişlari aniqlandi
22-10-2025, 10:30
452 марта
Özbekistonliklarda ilgari dunyoda nomalum bölgan önlab yangi gen özgarişlari aniqlandiOliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilğor texnologiyalar markazi olimlari mamlakat tarixida ilk bor inson genlarini çuqur örganiş — yani genlarni töliq öqiş va tahlil qiliş tadqiqotini ötkazdi.
Bu tadqiqot natijasida özbekistonliklarda ilgari dunyoda nomalum bölgan önlab yangi gen özgarişlari aniqlandi. Olimlar topgan malumotlar xalqaro malumotlar bazalariga kiritildi va takidlanişiça, bu Özbekistonning jahon genomika fanidagi örnini mustahkamlaydi.
Qayd qilinişiça, tekşiruvlar şuni körsatdiki, tadqiqotda qatnaşgan har ikkinçi bolada irsiy mutatsiya bor. Yani kasallikka moyillik irsiy yöl bilan ötayotgani aniqlangan. Eng taşvişlisi, bolalarning 86 foizi heç bölmaganda bitta «buzilgan» gen taşuvçisi ekani malum bölgan. Bu körsatkiç xalqaro meyordan ikki barobar yuqori hisoblanadi.
Olimlar bu holatni ayrim hududlarda qarindoşlar örtasidagi nikohlar uluşining yuqoriligi bilan izohlaşmoqda. Masalan, bazi viloyatlarda bunday nikohlar umumiy nikohlarning çoragiga yaqinini taşkil etadi.
Bu holat kelgusi avlodlarda faqat irsiy kasalliklar emas, balki umumiy soğliq holatiga ham jiddiy tasir körsatişi mumkin. Olimlar takidlaşiça, genetik mutatsiyalar nafaqat kam uçraydigan irsiy kasalliklar, balki diabet, yurak-qon tomir xastaliklari, onkologik jarayonlar kabi köp tarqalgan kasalliklarning ham rivojlaniş xavfini oşiradi.
Şu bois, bu kasalliklar nafaqat köpayib borişi, balki ança yoş avlodlar orasida ham namoyon bölişi ehtimoli yuqori.
Şuning uçun olimlar nikohdan oldin juftliklarni genetik tekşiruvdan ötkaziş, bolalarni erta skrining va profilaktika dasturlariga jalb etiş zarurligini takidlamoqda. Bu orqali kasalliklarni ilk bosqiçda aniqlaş va töğri davolaş imkoni yaratiladi.