Soliq huquqbuzarliklari töğrisidagi xabar berganlik uçun tölovlar qariyb yarim baravarga oşdi
24-10-2025, 18:40
322 марта
Soliq huquqbuzarliklari töğrisidagi xabar berganlik uçun tölovlar qariyb yarim baravarga oşdiDavlat soliq qömitasi fuqarolar tomonidan turli huquqbuzarliklar, jumladan, çek bermaslik, tovarlar narxini oşirib yuboriş, bank kartasini qabul qilişni rad etiş va boşqalar töğrisida kelib tuşgan murojaatlar statistikasini elon qildi.
Soliq mobil ilovasining "Soliq hamkor" tizimi orqali 2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida 82 857 ta (ötgan yilning mos davrida 72 517 ta) soliqqa oid huquqbuzarliklar töğrisida murojaatlar kelib tuşgan.
Şundan:
- 74 970 ta çek berilmaganligi töğrisidagi murojaat;
- 3 001 ta plastik kartani tölovga qabul qilişni rad etiş töğrisidagi murojaat;
- Plastik karta orqali tölov amalga oşirilganda tovar narxining oşirilişi töğrisida 184 ta murojaat;
- 4 702 ta boşqa turdagi huquqbuzarliklar böyiça murojaatlar.
Şu bilan birga, takroriy yoki şikoyat kelib tuşgan tadbirkorlik subektiga nisbatan tekşiruv ötkazilayotgan 41 702 ta murojaat rad etilgan.
Murojaatlar asosida 34 196 ta sayyor soliq tekşiruvlari ötkazilib, 98,8 foiz holatda huquqbuzarliklar tasdiqlangan.
Soliqqa oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan fuqarolarga 34 139 ta holatda 24,1 mlrd söm miqdorida (undirilgan jarima summasining 20 foizi) mukofot pullari tölab berilgan.
Taqqoslaş uçun: ötgan yili fuqarolarga 17,2 mlrd söm tölangan, bu joriy yilga nisbatan 40 foizga kam