AQŞning Toşkentda tuğilgan mulozimi Özbekistonga kelyapti
25-10-2025, 18:41
147 марта

AQŞning Toşkentda tuğilgan mulozimi Özbekistonga kelyapti
AQŞning Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Serjio Gor hamda Davlat kotibi örinbosari Kristofer Landau 26–30 oktyabr kunlari Qozoğiston va Özbekistonga taşrif buyuradi.Bu haqda AQŞ Davlat departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taşrif doirasida ular Qozoğiston va Özbekiston rasmiylari bilan iqtisodiy hamda xavfsizlikka oid keng qamrovli masalalarni muhokama qiladi.
AQŞ tomoni Markaziy Osiyo davlatlari bilan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş va özaro aloqalarni çuqurlaştirişdan manfaatdor ekanini malum qildi.
Şuningdek, uşbu taşrif davomida mamlakatlar örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş bilan birga, AQŞ va Markaziy Osiyo davlatlari örtasida C5+1 diplomatik platformasi doirasidagi ön yillik şeriklikka ham baho berilişi kutilmoqda.