Kuşerboyev Ekologiya vaziri örinbosari öğirlab ketilganini oçiqladi
27-10-2025, 18:37
902 марта

Kuşerboyev Ekologiya vaziri örinbosari öğirlab ketilganini oçiqladi
Toşkentning Yakkasaroy tumanida 174 tup daraxt moratoriy talablariga zid ravişda kesib taşlangani haqida xabar berilgandi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vaziri maslahatçisi Rasul Kuşerboyev mazkur holat böyiça videomurojaat bilan çiqib, Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqov, uning birinçi örinbosari Baxtiyor Rahmonov, poytaxt IIBB va prokuraturasini keskin tanqid qildi. Şuningdek, u ötgan yili poytaxtda ekologiyani zaharlayotgan taşkilotlarga çora körilayotganda, vazirning birinçi örinbosari nomalum şaxslar tomonidan öğirlab ketilganini oçiqladi.“Bugun aytiladigan gaplarni butun Özbekiston xalqi va Prezidentimiz ham bilişi kerak, deb hisoblayman. Çunki bu yaşirilyapti, bu uzoq davom etişi mumkin emas. Bugun ayni vaqtlarda hammamizni öylantirayotgan masala – Özbekistonda havo yomonlaşyapti, ekologiya yomonlaşyapti, daraxtlar kesilyapti. Toşkent şahri havosi ifloslanyapti. Aybdorlarni qidirişga harakat qilinadi, vazirlik, Ekologiya vazirligiga sustkaşlik qilinyapti, degan masalalar böladi. Men ozgina malumotlarni berib ötmoqçiman. Butun Özbekiston xalqi bilsin. Prezidentimiz ham bilsin buni, çunki u kişidan ham yaşirişyapti. Balki, şunda nimadir özgarar. Bölmasa, özgarmasa, hozir bizning özimizga qarşi işlar ketyapti. Biz örganib qolganmiz. Özimizni qamaşga harakat qilişadi, aybdor qilişga harakat qilişadi, haqiqatni yaşiriş uçun. Lekin bugun endi piçoq suyakka borib taqaldi”, deydi Kuşerboyev öz murojaati avvalida.