Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan
foydalanamiz.
Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati
va Foydalanish
shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.
Özbekistonda narkojinoyatlar köpayyapti. Prezident unga qarşi kuraşişni buyurdi
3-11-2025, 18:47
124 марта
Özbekistonda narkojinoyatlar köpayyapti. Prezident unga qarşi kuraşişni buyurdi
Özbekistonda yil boşidan 11 mingdan ziyod narkojinoyat aniqlanib, 2,5 tonnaga yaqin giyohvand moddalar uşlab qolindi. Bu haqda bugun, 3 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan millat genofondini giyohvandlikdan himoya qiliş, kiberjinoyatlarga qarşi samarali kuraşiş hamda prokuror nazoratini raqamlaştiriş yuzasidan takliflar taqdimotida söz boradi.
Sönggi yillarda narkojinoyatçilik butun insoniyat uçun yangi global xavf-xatarga aylanayotgani qayd etildi. Tahlillarga köra, dunyoda 400 milliondan ortiq odam bu illatga duçor bölgan, uning oqibatida yiliga 300 mingga yaqin odam vafot etyapti. Afsuski, mazkur illat Özbekistonni ham çetlab ötayotgani yöq. Yil boşidan 11 mingdan ziyod narkojinoyat aniqlanib, 2,5 tonnaga yaqin giyohvand moddalar uşlab qolindi. Bunday jinoyatlarning şakl va turlari yildan yilga köpayib, qamrovi ortib borayotgani narkojinoyat va giyohvandlikka qarşi kuraşişni kompleks ravişda taşkil qiliş keçiktirib bölmaydigan vazifa ekanini körsatmoqda. Yiğilişda sohadagi mavjud salbiy tendentsiyalar tahlil qilindi. Jumladan, keyingi paytlarda istemoli oson, yaşiriş va tarqatiş qulay dori şaklidagi psixotrop va sintetik moddalar ananaviy narkotiklar örnini egallamoqda, ularning tarqalişi asosan yoşlar orasida yuz bermoqda, sintetik narkotiklar yaşirin narkolaboratoriyalarda tayyorlanib, internet orqali kontaktsiz şaklda ötkazilmoqda, narkotiklarni tarqatiş manbasi bölgan uyuşgan jinoyatçilik transçegaraviy xususiyatga ega.
“Şu bois, milliy qonunçiligimizga mana şunday xavf-xatarlarning oldini oliş, ularga qarşi ayovsiz kuraşiş, bunday illatni tag-tomiri bilan yöqotişga qaratilgan normalarni kiritiş vaqti keldi”, dedi davlat rahbari.