Özbekistonda kiberjinoyatlar 68 baravarga oşdi
3-11-2025, 22:40
108 марта

Özbekistonda kiberjinoyatlar 68 baravarga oşdi
Özbekistonda sönggi beş yilda kiberjinoyatlar soni esa 68 barobarga köpaygan. Joriy yilning özida 46 mingdan ortiq kiberjinoyat aniqlangan. Ular orqali jismoniy va yuridik şaxslarga yetkazilgan moddiy zarar 1,2 trillion sömdan oşgan. Bu haqda bugun, 3 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan millat genofondini giyohvandlikdan himoya qiliş, kiberjinoyatlarga qarşi samarali kuraşiş hamda prokuror nazoratini raqamlaştiriş yuzasidan takliflar taqdimotida söz boradi.
Bugungi kunda Özbekistonda 31 milliondan ortiq aholi internetdan foydalanmoqda. Fuqarolarning şaxsiy malumotlari, bank kartalari va elektron imzolari böyiça amalga oşirilayotgan firibgarliklar soni keskin ortib bormoqda. Jinoyatlarning katta qismi internet orqali amalga oşirilib, eng köp tarqalgan usullardan biri – bank kartalari orqali sodir etilayotgan kiberfiribgarlik hisoblanadi