USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Mutlaq rekord: Özbekistonning xalqaro zaxiralari 60 mlrd dollarga yaqinlaşdi

109 марта

Mutlaq rekord: Özbekistonning xalqaro zaxiralari 60 mlrd dollarga yaqinlaşdi

2025 yil 1 noyabr holatiga, Özbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 59,3 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu – tarixiy rekord körsatkiçdir. Jahon bozorida oltin narxlari yil boşidan beri qariyb 50 foizga oşdi.

2025 yil 1 noyabr holatiga, Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 59,33 mlrd dollarni taşkil qildi. Zaxiralar qiymati ötgan oyga nisbatan 4,3 mlrd dollarga köp. Bu haqda Markaziy bank taqdim qilgan hisobotda keltirilgan.

Oktyabr oyi davomida zaxiralarning valyuta qismi 731 mln dollarga oşgan bölsa, oltin qismining qiymati 3,6 mlrd dollarga oşib 47,8 mlrd dollargaça köpaygan.

Zaxiralar tarkibida oltinning fizik hajmi ham 11,6 mln troya untsiyadan 11,9 mln troya untsiyaga oşgan.

Jahon bozorida oltin narxlarining oşib borişi fonida yil boşidan beri Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sezilarli darajada köpaydi. 1 noyabr holatiga qayd etilgan qariyb 60 mlrd dollarlik zaxiralar – mamlakat uçun tarixiy rekord körsatkiçdir.

Bundan taşqari, Markaziy bank tomonidan xarid qilingan qimmatli qoğozlarning qiymati ötgan oyda biroz oşib, 1 mlrd 23 mln dollarga yetgan.

Oltin narxining yil boşidan beri keskin kötarilişi global bozorlar bilan bevosita boğliq. Fevral–may oylarida jahon miqyosida geosiyosiy tangliklar va AQŞ federal rezerv siyosati tufayli oltin keskin qimmatlaşdi.

Iyulda esa qisqa muddatli pasayiş kuzatildi. Avgust–sentyabrda narx yana tiklanib, bu davrda 3,4 foiz ösiş qayd etildi. Tahlilçilar fikriça, bunday tendentsiya mavsumiy talab va global iqtisodiy noaniqliklar bilan izohlanadi. 20 oktyabr kuni oltin narxi tarixda birinçi marta 1 untsiya uçun 4381 dollardan oşdi. Oy yakunida AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo tarangligi yumşaşi haqidagi umidlar qimmatbaho metall narxining nisbatan arzonlaşa boşlaşiga sabab böldi.

Umuman olganda, oltin bahosi yil boşidan beri qariyb 50 foizga qimmatlaşdi.



Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: