Xorazm viloyati delegatsiyasi — Yaponiyada!
13-11-2025, 16:24
510 марта
Xorazm viloyati delegatsiyasi — Yaponiyada!Xorazm viloyati hokimi Jörabek Rahimov boşçiligidagi delegatsiya kunçiqar yurt — Yaponiyada xizmat safarida bölib turibdi. Safar doirasida viloyatimiz va Yaponiyaning yirik kompaniyalari örtasida hamkorlikni rivojlantiriş, iqtisodiyotga investitsiya jalb etiş hamda qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari yuzasidan samarali uçraşuvlar ötkazilmoqda.
Malumotlarga köra, delegatsiya azolari Yaponiyaning 10 dan ortiq nufuzli kompaniyalari va biznes tuzilmalari vakillari bilan muzokaralar olib bordi. Ularda quyidagi muhim kelişuvlar amalga oşirildi:
🔹 “In Aid So. ltd” kompaniyasi bilan — yoşlarni IT yönalişi böyiça öqitiş, Yaponiyada amaliyot va iş örinlari bilan taminlaşga qaratilgan dasturni yölga qöyiş böyiça kelişuvga erişildi.
🔹 “Vortex” kompaniyasi tomonidan — Xorazmda zamonaviy, xalqaro talablarga javob beradigan mehmonxona quriş loyihasi yuzasidan muzokaralar ijobiy yakunlandi.
🔹 Yaponiyaning eng yirik sayyohlik kompaniyalaridan biri hisoblangan “Nippon Travel Agency” bilan — Xorazm viloyatiga yapon sayyohlarini keng jalb etiş, turizm yönalişlarini rivojlantiriş va qöşma turpaketlar tayyorlaş böyiça kelişuvga erişildi.
Xizmat safari doirasidagi uçraşuvlar Xorazm iqtisodiyotiga yirik investitsiyalar jalb etiş, turizm salohiyatini oşiriş va yoşlar bandligini taminlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.
Xorazm viloyati delegatsiyasining Yaponiyaga xizmat safari davom etmoqda.




