Markaziy Osiyo davlatlari birgalikda brend yaratmoqçi
14-11-2025, 16:45
272 марта

Markaziy Osiyo davlatlari birgalikda brend yaratmoqçi
Markaziy Osiyo mamlakatlari “Made in Central Asia” brendi ostida qöşma işlab çiqariş maydonlarini şakllantirişni reja qilyapti. Bu haqda keça, 13 noyabr kuni Toşkentda bölib ötgan Ozarbayjon va Markaziy Osiyo mamlakatlarining savdo va investitsiyalar vazirlari kengaşining birinçi yiğilişida malum qilindi.Yiğiliş davomida Markaziy Osiyo mamlakatlarining savdo va investitsiya vazirlari özaro savdoni rivojlantiriş va sanoat integratsiyasini çuqurlaştirişga qaratilgan kompleks çoralarni muhokama qildi. Tovar ayirboşlaş hajmini 20 milliard dollarga yetkaziş böyiça samarali mexanizmlarni yaratiş, “Made in Central Asia” brendi ostida qöşma işlab çiqariş maydonlarini şakllantiriş, şuningdek, xalqaro moliya institutlari va yirik investorlarni infratuzilma hamda sanoat loyihalariga jalb etiş masalalariga alohida etibor qaratildi.
Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga köra, mamlakatning Markaziy Osiyo davlatlari bilan özaro savdosi barqaror suratlarda ösib bormoqda. Agar 2017 yilda tovar ayirboşlaş hajmi 3,2 mlrd dollarni taşkil etgan bölsa, 2024 yilga kelib bu körsatkiç ikki baravardan köproqqa oşib, 6,9 mlrd dollarga yetgan. Xususan, Qozoğiston bilan savdo hajmi 4 mlrd dollarga yaqinlaşmoqda, Qirğiziston bilan 700 mln dollarga, Tojikiston bilan 570 mln dollardan oşgan, Turkmaniston bilan esa sönggi beş yilda savdo ikki baravardan köproqqa oşib, 1,15 mlrd dollarga yetgan. Ozarbayjon bilan savdo aylanmasi esa yil boşidan buyon 13 foizga ösgani qayd etildi.
Yiğiliş davomida bojxona va çegara tartib-taomillarini yanada optimallaştiriş, transport-logistika infratuzilmasini uyğunlaştiriş, işlab çiqariş zanjirlarini birlaştira oladigan sanoat xablarini yaratiş zarurligi takidlandi. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş, xomaşyo va texnologik imkoniyatlarni birgalikda özlaştiriş, yuqori qöşilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar eksportini kengaytiriş masalalari alohida muhokama qilindi.