Özbekiston Qozoğiston bilan nimalarga kelişdi?
15-11-2025, 15:05
272 марта

Özbekiston Qozoğiston bilan nimalarga kelişdi?
Bugun, 15 noyabr kuni Toşkentdagi Köksaroy qarorgohidan ötgan muzokaralar yakunida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Qöşma bayonot imzoladi. Bu haqda ikki davlat rahbarlarining matbuot xizmatlari xabar berdi.Şavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Töqayev quyidagi hujjatlarni imzoladi:
- Qozoğiston Respublikasi va Özbekiston Respublikasi hududlari rahbarlari kengaşini tuziş töğrisidagi Oliy davlatlararo kengaş qarori;
- Geologiya, kamyob va nodir yer metallarini qazib oliş böyiça ikki tomonlama işçi guruhini tuziş töğrisidagi Oliy davlatlararo kengaş qarori;
- Transçegaraviy daryolar suvliligini başorat qiliş böyiça ikki tomonlama işçi guruhini tuziş töğrisidagi Oliy davlatlararo kengaş qarori.
- Transçegaraviy suv obektlarini birgalikda boşqariş va ulardan oqilona foydalaniş töğrisidagi bitim;
- Bojxona xizmati vakolatxonalarini oçiş töğrisidagi bitim;
- Çegaraoldi hududlarda yerusti radio xizmatlari tomonidan fuqarolik maqsadlarida foydalaniladigan radioçastotalarni özlaştirişni muvofiqlaştiriş töğrisidagi bitim;
- Qöşma harbiy öquvlarni ötkaziş töğrisidagi bitim;
- Qöşma investitsiya platformasini yaratiş töğrisidagi hadli bitim;
- 2026-2027 yillarga möljallangan turizm sohasida hamkorlik böyiça qöşma harakatlar rejasi;
- Adliya vazirliklari örtasida 2025-2026 yillarga möljallangan hamkorlik dasturi;
- Toğ-kon sanoatida hamkorlikni rivojlantiriş töğrisidagi memorandum;
- Özbekiston Yoşlar işlari agentligi va “Assambleya jastari” jamoat birlaşmasi örtasida hamkorlik töğrisidagi memorandum;
- Soğliqni saqlaş vazirliklari örtasida ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatiş sohasida özaro anglaşuv memorandumi;
- Tibbiy suğurta jamğarmalari örtasida özaro anglaşuv memorandumi;
- Toşkent şahar hokimligi va Ostona şahar hokimligi örtasida hamkorlik bitimi;
- “Özbekneftgaz” va “Kazmunaygaz” aktsiyadorlik jamiyatlari örtasida hamkorlik bitimi.