Mirziyoyev Prezidentlarga Islom tsivilizatsiyasi markazini körsatdi
15-11-2025, 19:27
285 марта

Mirziyoyev Prezidentlarga Islom tsivilizatsiyasi markazini körsatdi
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuvida iştirok etiş uçun Özbekistonga kelgan mintaqa mamlakatlari Prezidentlari va Ozarbayjon yetakçisi Özbekiston Prezidenti bilan birgalikda Toşkentdagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga taşrif buyurdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.Majmua milliy memoriy ananalar va zamonaviy bezaklar uyğunligida barpo etilgan. Inşootning tört tomonida balandligi 34 metrli peştoqlar, örta qismida esa 65 metrli milliy uslubdagi gumbaz qad rostlagan.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov, Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Prezident Şavkat Mirziyoyev hamrohligida musulmon olamining bebaho manaviy durdonasi sanalgan Usmon Muşafi saqlanayotgan Quroni karim zaliga taşrif buyurgan. Quronning eng qadimiy qölyozmalaridan biri bölgan uşbu nodir manba ulkan tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bölib, mintaqa xalqlarining tsivilizatsiyaviy öziga xosligini şakllantirgan çambarças manaviy riştalarni ifoda etadi.

Yetakçilar, şuningdek, “Islomdan avvalgi tsivilizatsiyalar”, “Birinçi Renessans”, “Ikkinçi Renessans” hamda “Yangi Özbekiston – yangi Renessans” bölimlari bilan tanişgan.
Ularda buyuk allomalar – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Bahouddin Naqşband va boşqa uluğ ulamolarning boy ilmiy va manaviy merosi keng yoritilgan. Körgazmada somoniylar, qoraxoniylar, xorazmşohlar, temuriylar va boşqa sulolalar davriga oid qölyozma naşrlar va ularning qadimgi özbek tiliga tarjimalari ham mavjud.

Yetakçilar mintaqa mamlakatlari örtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlaş, manaviy-marifiy loyihalarni ilgari suriş va umumiy gumanitar qadriyatlarni rivojlantiriş muhimligini takidlagan.

Mintaqaning boy umumiy merosini saqlaş va tarğib qiliş borasidagi Özbekistonning keng kölamli say-harakatlariga yuqori baho berilgan. Majmua zamonaviy tadqiqot markazi bölib xizmat qilişiga, mintaqa mamlakatlari örtasida ilmiy, talim va madaniy hamkorlik uçun yangi ufqlar oçişiga işonç bildirgan.