Köksaroyda Özbekiston va Turkmaniston yetakçilari OAV vakillari uçun bayonot berdilar
17-11-2025, 16:21
173 марта

Köksaroyda Özbekiston va Turkmaniston yetakçilari OAV vakillari uçun bayonot berdilar
Köksaroy qarorgohida ötgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ommaviy axborot vositalari vakillari uçun bayonot berdilar.Prezidentimiz uşbu tarixiy davlat taşrifi qardoş mamlakatlarimizning strategik şerikligini yanada mustahkamlab, uni yangi marralarga olib çiqişiga işonç bildirdi.
Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, suv-energetika va madaniy-gumanitar sohalarda birgalikdagi işlarning ustuvor yönalişlari belgilab olindi.
Savdo-iqtisodiy va kooperatsiya aloqalarini kengaytiriş muhim yönaliş sifatida qayd etildi.
Bunda bugun işga tuşirilgan «Şovot-Toşhovuz» çegaraoldi savdo zonasi alohida örin tutadi. Tomonlar uşbu tajribani boşqa çegaraoldi hududlarda, eng avvalo, «Olot-Farob» hududida qöllaş niyatida.
Mintaqaning transport jihatidan özaro boğliqligini kuçaytiriş maqsadida hukumatlarga avtomobil, temir yöl va dengiz orqali taşuvlarni rivojlantiriş, Turkmanboşi xalqaro dengiz portidan birgalikda foydalaniş böyiça takliflar işlab çiqiş topşirildi.
Energetika masalalariga alohida etibor qaratildi. Elektr energiyasining yetkazib berilişi va tranziti böyiça hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş, ikki mamlakat hududida qöşma loyihalarni amalga oşiriş borasida qatiy intiliş borligi takidlandi.
Tomonlar atrof-muhitni muhofaza qiliş va suvdan oqilona foydalaniş sohasida, şu jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida hamkorlikni rivojlantiradilar.
Yana bir ustuvor yönaliş – hududlararo hamkorlik. Buxoro va Turkmanobod şaharlarida hududlar forumlari muvaffaqiyatli ötkazildi. Yaqinda Xivada ikki mamlakatning barça viloyatlari iştirokida uçinçi forum bölib ötadi.
Urganç va Toşkentda Turkmaniston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli ötkazilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Kontsertlar, teatrlarning ijodiy safarlari, yoşlar va olimlar forumlari, sport olimpiadalarini muntazam ötkazib borişga kelişib olindi.
Tomonlar, şuningdek, soğliqni saqlaş va tibbiyot fani sohasida amaliy hamkorlikni ilgari surişga kelişib oldilar.
Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari doirasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirişda sezilarli yutuqlarga erişildi.
Kuni keça Toşkent şahrida ötgan yettinçi Maslahat uçraşuvining yakunlari mintaqada integratsiya jarayonlari va birdamlikni mustahkamlaşga xizmat qilişiga işonç bildirildi.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti va boşqa xalqaro tuzilmalar doirasida özaro qöllab-quvvatlaş amaliyotini davom ettiriş muhim ekani takidlandi.