Bu jamoa bilan yölim tugadi – Islombek Ismoilov Özbekiston U-17 bilan faoliyatini yakunladi
19-11-2025, 10:53
1 218 марта

Bu jamoa bilan yölim tugadi – Islombek Ismoilov Özbekiston U-17 bilan faoliyatini yakunladi
Özbekiston U-17 terma jamoasi boş murabbiyi Islombek Ismoilov muxlislarga murojaat qilib, jamoani tark etganini malum qildi. Bu haqda u özining Facebook sahifasida yozib qoldirdi.Ismoilov Qatarda ötkazilayotgan Jahon çempionati 1/8 finalidan örin olgan Italiyaga (2:3) qarşi öyindagi mağlubiyat ortidan bu qarorga kelayotganiga işora qilgan.
“Hurmatli muxlislar, futbol ixlosmandlari, ota-onalar, murabbiylar va Özbekiston futboli uçun kuyib-yonadigan aziz yurtdoşlar!U, şuningdek, Özbekiston U-17 terma jamoasi bilan Osiyo çempioni bölganini xotirlab ötgan.
Bugun biz Jahon çempionatidagi iştirokimizni yakunladik. Şu bilan birga, 3 yil davomida yuragim bilan xizmat qilgan U-17 terma jamoamizning ham faoliyati nihoyasiga yetdi.
Bu yöl men uçun şunçaki iş emas edi – bu şaraf, masuliyat va Alloh bergan sinov böldi.
Uç yil davomida biz bu jamoa bilan maşaqqatli maşğulotlar, quvonçli ğalabalar, oğir mağlubiyatlar bilan yonma-yon bordik. Yaxşi kunlarda ham, yomon kunlarda ham birga edik”, deya yozgan murabbiy.
“Osiyo çempionligi – bu avlodning matonati va mehnati.
2025 yilda Osiyo çempioni böliş – bu bolalarimizning jasorati, mehnati va intilişi. Bu natija Özbekiston futboli tarixiga oltin harflar bilan yozilib böldi.
Heç qaçon unutmayman: har bir maşğulotda, har bir turnirda biz Özbekiston bayroğining şanini himoya qildik. Har bir öyin oldidan bitta fikr bölardi: “Bu Vatan uçun jon fido.”
Men murabbiy sifatida bir narsaga qatiy amal qildim: adolat va halollik. Heç kimning ismini, klubini yoki taniş-bilişligini emas, faqat mehnatini, xarakterini, munosibligini tanladim. Terma jamoaga çaqirilgan har bir futbolçi bunga haqli edi. Şu qarorlarim uçun bugun ham, ertaga ham boşim baland”, deya qöşimça qilgan Ismoilov.