USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

U-17 Jahon çempionati. Özbekiston Italiyaga mağlub bölib, musobaqa bilan xayrlaşdi

408 марта

U-17 Jahon çempionati. Özbekiston Italiyaga mağlub bölib, musobaqa bilan xayrlaşdi

Qatarda davom etayotgan U-17 Jahon çempionati özining qizğin pallasiga kirdi. 18 noyabr, seşanba kuni Özbekiston ösmirlar terma jamoasi 1/8 final bosqiçida Italiyaga qarşi maydonga tuşib, 2:3 hisobida mağlubiyatga uçradi va mundialdagi yurişini yakunladi.
Uçraşuv teng kuraşlar ostida boşlandi. Har ikki jamoa navbatma-navbat raqib darvozasi qarşisida xavfli hujum uyuştirdi. Ammo 20-daqiqada Italiya ösmirlar jamoasi hisobni oçdi. Çap qanotdan rivojlangan hujumni Tomas Kompanelo gol bilan yakunladi — 1:0. Şundan keyin Islombek Ismoilov şogirdlari hisobni tenglaştiriş uçun raqib jarima maydonçasi içida öz omadini sinab kördi, ammo birinçi bölimda hisob boşqa özgarmadi. 


Ikkinçi bölim Özbekiston U-17 jamoasi ustunligida boşlandi. Jamoa bir qança hujum uyuştirdi. Bazida italiyaliklar darvozaboni seyv amalga oşirgan bölsa, bazida özbekistonlik futbolçilar öz imkoniyatidan foydalana olmadi. 55-daqiqada hisob tenglaşdi. Burçakdan uzatib berilgan töpni Amirxon Murodov gol bilan yakunlab, tablodagi natijani 1:1 körinişiga keltirib qöydi. 

Gol ötkazib yuborgaç, Italiya U-17 jamoasi ustunlikni öz qöliga olişga harakat qildi va ketma-ket ikki marta Özbekiston darvozasini işğol qildi. Dastlab, 69-daqiqada Tomas Kompanelo jamoasini hisobda oldinga olib çiqqan bölsa, 70-daqiqada Idrissa Dauda oradagi farqni ikkitaga oşirdi. 
Şundan keyin Özbekiston ösmirlar jamoasi hisobni tenglaştiriş uçun harakat qildi. Jamoa öyin yakuniga yaqin bir qança hujum uyuştirdi. 90+3-daqiqada Azizbek Erimbetov tablodagi natijani 3:2 körinişga keltirdi. Ammo hisob boşqa özgarmadi va Italiya U-17 jamoasi 3:1 hisobida ğalaba qozonib, keyingi bosqiçi iştirokçisiga aylandi. Özbekiston esa musobaqa bilan xayrlaşdi. 

U-17 Jahon çempionati
1/8 final bosqiçi
Italiya U-17 — Özbekiston U-17
Gollar: 
1:0 — Kompanelo (20), 1:1 — Murodov (55), 2:1 — Kompanelo (69), 3:1 — Idrissa (70), 3:2 — Erimbetov (90+3)

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: