Özbekistonda Ekopolitsiya taşkil etiladi
19-11-2025, 15:37
297 марта

Özbekistonda Ekopolitsiya taşkil etiladi
Özbekistonda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasining Davlat ekologik nazorat inspektsiyasi (Ekopolitsiya) taşkil etiladi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning bugun, 19 noyabr kuni qabul qilingan “Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boşqaruv tizimini yaratiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida söz boradi.Farmonga köra, quyidagilar negizida alohida yuridik şaxs bölmagan Ekopolitsiya taşkil etiladi:
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligining Davlat ekologik nazorat inspektsiyasi;
- Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent va Jizzax viloyatlaridagi tabiatni muhofaza qiliş böyiça hududiy maxsus prokuraturalar;
- Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri prokuraturalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va örmon xöjaligi sohasidagi qonunçilik ijrosi ustidan nazorat yönalişidagi bölinmalarining optimallaştiriladigan ştat birliklari.
Ekologiya qömitasi raisi bir vaqtning özida Ekopolitsiya boşliği hisoblanadi. Ekopolitsiya boşliğining örinbosari bir vaqtning özida Ekologiya qömitasi raisi örinbosari hisoblanadi va Ekopolitsiyaning tezkor ştabiga rahbarlik qiladi.Ekopolitsiyaga uning hududiy bölinmalarini mamuriy-hududiy birliklar çegaralarini hisobga olmagan holda, tabiiy ekologik hududlar çegaralari doirasida taşkil etişga ruxsat etiladi.
Ekologiya qömitasi quyidagilar yuzasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravişda axborot kiritib boradi:
- Yirik korxona va tarmoqlar tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar, ular va ularning mansabdor şaxslariga nisbatan körilgan çoralar;
- sohadagi masul boşqaruv va nazorat organlarining öz vazifalarini sifatli va öz vaqtida bajarişi holati;
- davlat organlarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi qonunçilik talablariga zid bölgan qarorlarini bekor qiliş.