BMT eng yaxşi turizm qişloqlarini elon qildi. Ular orasida özbek qişloği ham bor
22-11-2025, 14:19
622 марта

BMT eng yaxşi turizm qişloqlarini elon qildi. Ular orasida özbek qişloği ham bor
Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Omonxona qişloği Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) Turizm tomonidan ötkazilgan “Eng yaxşi turizm qişloqlari” (Best tourism villages) loyihasi ğoliblari qatorida joy oldi. Bu haqda Turizm qömitasi xabar berdi.Qayd etilişiça, tanlovga Afrika, Amerika, Osiyo va Yevropa mintaqalaridagi 65 ta mamlakatdan 270 dan ortiq nomzod qabul qilingan. Omonxona qişloği loyihaning “Rivojlantiriş dasturi” (Upgrade Programme)ga kiritilgan. Uşbu global loyiha turizm qişloqlariga etiborni kuçaytiriş, kiçik qişloqlarning özgaça madaniyati, urf-odati va tabiat gözalliklarini saqlab qoliş maqsadida amalga oşiriladi.
Omonxona qişloği özining tabiiy manzaralari, şifobaxş buloqlari, tarixi yodgorliklari, nomoddiy madaniy merosi hamda mehmondöst aholisi bilan maşhur hisoblanadi. Unga Özbekistonning turizm qişloği maqomi 2024 yilda berilgan edi.
Malumot uçun, BMT Turizmning “Eng yaxşi turizm qişloği” tanlovi 2021 yildan beri ötkazib kelinadi. Uşbu maqom ekologik va agroturizm sohasida nufuzli körsatkiçlarga ega bölgan, şu jumladan, madaniy va tabiat qadriyatlarini, organik oziq-ovqat mahsulotlari va hayot tarzini saqlab qolgan qişloqlarga beriladi va dunyo böylab eng yaxşi turizm qişloği deb tan olinadi.