Saida Mirziyoyeva Dohadagi körgazmalarda böldi (foto)
23-11-2025, 11:47
175 марта

Saida Mirziyoyeva Dohadagi körgazmalarda böldi (foto)
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 22 noyabr kuni Dohada Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika mintaqasining yoş va istiqbolli dizaynerlarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan etiborga molik taşabbuslaridan biri bölgan Faşion Trust Arabia (FTA) jamğarmasiga taşrif buyurdi.“Taşrif doirasida biz FTA platformasi faoliyatini kuzatdik va loyihalar bilan tanişdik. Turdoş taşabbuslar orasida “M7” madaniyat markazidagi mintaqa va uning madaniy merosiga bağişlangan Threads of Impact körgazmasi alohida ajralib turadi. Dizaynerlarimizning qöl mehnati namunalari va betakror milliy liboslarini namoyiş etuvçi Woven Legacies: Uzbekistanʼs Living Heritage körgazmasi doirasida Özbekiston taqdim etilayotganidan xursandman”, dedi Prezident administratsiyasi rahbari.

.jpg)
Körgazma doirasida Özbekiston Madaniyat va sanatni rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan tayyorlangan ekspozitsiyaga 12 ta noyob libos kiradi — 4 ta çopon va 8 ta köylak. Körgazma Doha şahridagi Evolution Nation madaniy mavsumi doirasida 2026 yil 3 yanvargaça davom etadi.



