Özbekistonda endi bemorlar zaruriy tibbiy yordam uçun tegişli muassasani özlari tanlaşi mumkin
2-12-2025, 08:11
253 марта

Özbekistonda endi bemorlar zaruriy tibbiy yordam uçun tegişli muassasani özlari tanlaşi mumkin
Statsionar tibbiyot muassasalaridagi bemorlarni tibbiy körsatmaga muvofiq boşqa tibbiyot muassasasiga ötkaziş tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.Qayd etilişiça, bemorlarga zarur ixtisoslaştirilgan tibbiy yordamni öz vaqtida töliq körsatişni taminlaş maqsadida ular bir tibbiyot muassasasidan boşqasiga ötkaziladi.
Bemorlar köçiriş jarayonida zarur tibbiy yordamni körsatiş imkoniyatiga ega bölgan tegişli tibbiyot muassasasini özlari tanlaşi mumkin. Ularni boşqa tibbiyot muassasasiga ötkaziş şifokor tomonidan berilgan tibbiy körsatmaga asosan amalga oşiriladi.
Bunda bemorlar uçun zarur tibbiy uskunalar yoki mutaxassislar bölmaganda, şuningdek, ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam boşqa tibbiyot muassasasida körsatilsa, körsatma beriladi. Ularni ötkazişdan avval böş örinlar, uskuna va mutaxassislar borligi tekşiriladi.
Bemorlarni köçiriş jarayoni bepul amalga oşiriladi.