Poliklinikalarda tibbiy xizmatlar hajmi oşsa, qöşimça pul tölanişi mumkin
3-08-2025, 15:18
165 марта
Poliklinikalarda tibbiy xizmatlar hajmi oşsa, qöşimça pul tölanişi mumkinOliy yoki örta maxsus, professional tibbiy talim taşkilotlarini tamomlagan va davlat röyxatidan ötgan şaxslargina tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan şuğullaniş huquqiga ega böladi. Bu haqda senatning 9-yalpi majlisida muhokama qilingan yangi qonunda keltirilgan.
Bundan taşqari, unda birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida körsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmidan ortiqça tibbiy xizmatlar va boşqa xizmatlar qöşimça xizmatlar bölib, ular pulli asosda amalga oşirilişi belgilanmoqda.
Şuningdek, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat röyxatidan ötkazişning asosiy tartib-taomillarini qonun darajasida belgilaş maqsadga muvofiqligi, qonunga tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat röyxatidan ötkaziş maqsadi, asoslari, röyxatdan çiqariş asoslari, bu harakatlarning oqibatlari, şuningdek, röyxatning oçiq bölişi, undan aholi foydalanişi kabi masalalarni kiritiş lozimligi qayd etilgan.