Endi davlat işiga kiriş uçun test imtihoni topşiriladi
9-12-2025, 18:34
1 067 марта
Endi davlat işiga kiriş uçun test imtihoni topşiriladi“Davlat xizmatida boşqaruv samaradorligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonga köra, endilikda böş bölgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallaşda yangiça tizim joriy etiladi.
Farmonda belgilanişiça, 2026 yil 1 martdan davlat fuqarolik xizmatida mavjud böş iş örinlari töğrisidagi malumotlar “vacancy.gov.uz” elektron platformasida elon qilinadi.
Şu jumladan,
fuqarolarga özlariga maqul keladigan mutaxassislik, lavozim va iş haqiga oid talablarni belgilagan holda “vacancy.gov.uz” elektron platformasida “iş qidiruvçi” maqomida röyxatdan ötiş imkoniyati yaratiladi;
“vacancy.gov.uz” elektron platformasida röyxatdan ötgan va davlat fuqarolik xizmatiga kiriş böyiça test sinovidan muvaffaqiyatli ötgan fuqarolar uşbu platformada mavjud böş iş örinlariga davogarlik qilişi mumkin böladi. Bunda, fuqarolarga test sinovlarini şaxsni tasdiqlaş va sinovlarni nazorat qilişning maxsus onlayn tizimi orqali yoki Agentlikning maxsus jihozlangan xonalarida topşiriş imkoniyati yaratiladi. Mazkur test natijalari 1 yilgaça amal qiladi;
tanlovning qöşimça bosqiçi sifatida ötkaziladigan sohaviy bilimlarni baholaş böyiça test sinovlari davlat organlarining buyurtmalariga muvofiq Agentlik huzuridagi Rahbar kadrlarni baholaş markazi tomonidan şartnoma asosida ötkaziladi.
Şuningdek, 2026 yil 1 yanvardan:
respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarining tuman (şahar) bölinma rahbari hamda tuman (şahar) hokimi va uning örinbosarlari har 5 yilda, qoida tariqasida, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toşkent şahri doirasida boşqa tuman (şahar)ga rotatsiya qilinadi;
rotatsiya qilinadigan rahbarlar Agentlikning “hrm.gov.uz” elektron platformasi orqali aniqlanadi;
rahbar yangi hududga ötişdan oldin hududning iqtisodiy va ijtimoiy holati böyiça intensiv kursda öqitiladi;
rotatsiya qilingan rahbar faoliyati Agentlik tomonidan elektron platforma orqali onlayn tarzda monitoring qilinadi.