“Korruptsiyaga qarşi kuraşişga qöşgan hissasi uçun” kökrak nişoni tasis etilişi mumkin
11-12-2025, 10:09
91 марта

“Korruptsiyaga qarşi kuraşişga qöşgan hissasi uçun” kökrak nişoni tasis etilişi mumkin
Özbekistonda “Korruptsiyaga qarşi kuraşişga qöşgan hissasi uçun” kökrak nişoni tasis etilişi mumkin. Bu haqda bugun, 10 dekabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning korruptsiyaga qarşi kuraşiş, komplayens nazoratini takomillaştiriş va raqamlaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar hamda kelgusidagi rejalar taqdimoti bilan tanişişi çoğida aytib ötildi.Birlaşgan Millatlar Taşkiloti taşabbusi bilan 2004 yildan boşlab har yili 9 dekabrda Xalqaro korruptsiyaga qarşi kuraşiş kuni butun dunyoda nişonlanadi. Uşbu sana mazkur yönalişdagi say-harakatlar samarasini baholaş, amaliy natijalarni tahlil qiliş va yangi vazifalarni belgilaş uçun muhim fursat.
Ötgan davrda davlat organlarida komplayens nazorati tuzilmalarining faoliyati qayta körib çiqilib, içki nazorat bölinmalarida 11 mingdan ortiq örganişlar ötkazilgani, 793 milliard sömlik mablağlarning maqsadsiz sarflanişining oldi olingani malum qilindi. Qariyb 2 trillion sömlik moliyaviy xato va kamçiliklar aniqlandi, 478 milliard sömlik zarar undirildi.
Korruptsiyaga qarşi içki nazorat bölinmalarining samaradorlik körsatkiçlari (KPI) tasdiqlangani, ular tomonidan 700 dan ortiq örganiş, monitoring va nazorat tadbirlari ötkazilgani natijasida 354 milliard sömlik moliyaviy xato va kamçiliklar aniqlandi, 1397 ta manfaatlar töqnaşuvi holati hamda qariyb 550 milliard söm mablağning maqsadsiz sarflanişi oldi olindi. Mansabdor şaxslarga nisbatan 26 ta jinoyat işi qözğatildi, 24 nafari mamuriy va 148 nafari intizomiy javobgarlikka tortildi.
Soğliqni saqlaş, maktabgaça va maktab talimi, kadastr va quriliş tizimlari hamda davlat xizmatçilari orasida korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, kadrlarni işga olişda şaffoflikni taminlaş, korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça öquv kurslarida öqitiş borasida tizimli işlar olib borilmoqda.
Sohadagi işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida Korruptsiyaga qarşi kuraşiş klasterini yölga qöyiş taklif etildi. Bu tizim Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, huquqni muhofaza qiluvçi organlar, Hisob palatasi va Davlat moliyaviy nazorati inspektsiyasi, idoralarning içki nazorat bölinmalari, talim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, nodavlat notijorat taşkilotlari örtasida mazkur illatga qarşi kuraşiş böyiça yaqin hamkorligini örnatiş va ularning say-harakatlarini birlaştirişga xizmat qiladi.
Klaster doirasida axborot almaşiş, qöşma tadbirlar ötkaziş, monitoring va baholaş orqali yaxlit ekotizim yaratiladi, işlarning samaradorligi oşadi.
Taqdimotda sohani raqamlaştiriş va suniy intellekt texnologiyalarini joriy qiliş masalalariga alohida töxtalib ötilgan.
Turli idoralarning malumot bazalarini integratsiya qiliş asosida Xavf-tahlil markazini taşkil etib, korruptsion xavflarni hamda davlat xaridlarida affillanganlik holatlarini avtomatik aniqlaş rejalaştirilgan. Şuningdek, komplayens bölimlarning işini töliq raqamlaştiriş, korruptsiyaviy omillar va xavf-xatarlarni aniqlaş tezkorligini oşiriş böyiça rejalar taqdimot qilingan.
Qarorlar qabul qilişda jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş muhim ekani körsatib ötilgan. Şu maqsadda “E-qaror” tizimida hujjatlarning oçiq elon qilinişi ustidan nazoratni hamda byudjet mablağlaridan foydalanişda jamoatçilik nazorati imkoniyatlarini kengaytiriş topşirilgan.
Preventiv çoralarning kölami va tasirçanligini oşirişga alohida etibor berilgan.
Soha va tarmoqlarda korruptsiya omillarini bartaraf etiş böyiça loyiha ofislarini taşkil etiş taklif qilingan. Bunda korruptsiya jinoyatlari statistikasi va byurokratiya darajasi yuqori, faoliyati böyiça fuqarolardan eng köp murojaatlar kelib tuşayotgan hamda raqamlaştiriş darajasi past bölgan sohalar bilan manzilli işlaş zarurligi körsatib ötilgan. Bunday soha va tarmoqlarda loyiha ofislari taşkil etilib, faoliyat yakunlari böyiça hisobot tayyorlanadi va jamoatçilikka elon qilinadi.
Umuman, korruptsiyaga qarşi kuraşiş jarayoniga keng jamoatçilikni jalb qiliş muhimligi takidlangan. Bu borada investitsiya loyihalarining ijrosini nazorat qiluvçi taşabbuskor guruhlarni köpaytiriş, quriliş işlarini nazorat qilişda mahalla faollarining iştirokini taminlaş taklif qilingan.
Korruptsiya haqida xabar berayotganlar sonini oşiriş maqsadida ularga himoya orderi berişni yölga qöyiş, rağbatlantirişning real mexanizmini joriy etiş muhimligi takidlangan. “Korruptsiyaga qarşi kuraşişga qöşgan hissasi uçun” kökrak nişonini tasis etiş taşabbusi ilgari surilgan.
Şuningdek, davlat rahbariga qöşilgan qiymat soliği mamurçiligidagi suiistemol qilişni bartaraf etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar, turli sohalardagi iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarşi körilayotgan çoralar haqida hisobot berilgan.