Fabio Kannavaro: “Özbekiston Jahon çempionatida syurpriz bölişi mumkin”
11-12-2025, 19:37
81 марта

Fabio Kannavaro: “Özbekiston Jahon çempionatida syurpriz bölişi mumkin”
Özbekiston terma jamoasi ustozi Fabio Kannavaro Buyuk Britaniyaning “The Guardian” naşriga intervyu berdi. Italiyalik mutaxassis suhbat davomida Özbekistondagi hayoti, mamlakatdagi dastlabki taassurotlari bilan örtoqlaşdi.Özbekiston milliy jamoasi işlaş varianti qanday paydo böldi?
Men murabbiylik kareramni boşqaça boşlaganman. Bir kuni Marçello Lippi (italiyalik sobiq mutaxassis) menga qönğiroq qilib: “Xitoyda jamoamni boşqarişni xohlaysanmi? Men sport direktori bölaman”, dedi. Öşa paytda men “Al-Ahli Dubay” klubida yordamçi murabbiy sifatida işlar edim. Lippi oxiri meni işontirdi. Kelişuv böyiça, Lippi sport direktori, men esa murabbiy edim. Oradan uç oy ötgaç, klub bilan kelişmovçilik yuzaga keldi va men ham işdan böşadim. Şundan keyin Xitoyning ikkinçi ligasida faoliyatimni davom ettirdim. Ular bilan çempionlikni qölga kiritdim. Keyinçalik koronavirus sabab vaziyat özgardi va Italiyaga qaytişga majbur böldim. Ammo u yerda mening tajribamni qadrlaşmadi. Ehtimol, erişgan yutuqlarim yetarli emas deb öylaşgandir.
Keyinçalik “Benevento”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb” jamoalarida işladim. Ammo u yerdagi faoliyatimni muvaffaqiyatli bölgan deya olmayman. Şundan söng, Özbekiston milliy jamoasida işlaş imkoniyati paydo böldi. Özbekiston yoş va istedodli futbolçilarga ega mamlakat. Federatsiya esa akademiyalarga katta etibor qaratadi. U-17, U-19 va U-23 jamoalari Osiyoda köplab sovrinlarni qölga kiritgan.

Biz bir oy davomida turli şaharlarga Özbekiston çempionati öyinlarini tomoşa qilişga bordik. Ular bunga örganmagan ekan. Çunki köplab xorijlik murabbiylar bir neçta öyinlarni tomoşa qilib, vataniga qaytib ketişgan. Biz 40 kun davomida turli şaharlarga bordik, mamlakat çempionatidan örin olgan köplab uçraşuvlarni stadiondan tomoşa qildik. Hali qilinişi kerak bölgan işlar köp: Jahon çempionatidagi öyin surati Özbekiston çempionati öyinlaridan tubdan farq qiladi. Biz şu farqni imkon qadar kamaytirişimiz kerak.Mamlakat haqida ilk taassurotlar:
Biz Toşkentda yaşaymiz. Şahar katta, eski va yangi qismlari bir-biriga uyğunlaşgan. Odamlari juda yaxşi va oçiq. Bu yerga tezda könikdik. Samarqandga ham bordik. Mazkur şahar juda çiroyli ekan. Har joyda bölgani kabi bu yerda ham yaxşi va unça yaxşi bölmagan tomonlar bor. Hozirça eng katta muammo — havoning ifloslanişi. Qolgan barça şaroitlar köngildagidek. Federatsiya bizga yangi qurilgan sport markazini taqdim etdi.

Mazkur Jahon çempionati biz uçun tajriba böladi. Oradan olti oy ötib Osiyo Kubogi boşlanadi va öşa musobaqada qanday darajada ekanligimizni aniqroq köriş mumkin. Şu paytgaça amalga oşirilgan işlar haqida gapirmoqçi emasman: jamoani aynan ular Jahon çempionatiga olib çiqdi. Men esa şu poydevorni yanada mustahkamlab, jamoaga Yevropa futbol madaniyatini olib kirişni istayman.Özbekistonlik qaysi futbolçi Jahon çempionatida kaşfiyot bölişi mumkin?
Tarkibda yaxşi futbolçilar bor. Ammo ular öz ustida hali köp işlaş kerak, çunki jismoniy jihatdan Yevropa jamoalariga tenglaşiş oson emas. Lekin özbek futbolçilari juda bardoşli — jang qiladi, taslim bölmaydi. Ularga qarşi öynaş oson emas. Masalan, Urugvay bilan öynaganimizda töqqiz nafar asosiy tarkib futbolçisida jarohat bor edi, optimal holatda emasdik, lekin baribir mardonda jang körsatdi.Futbolçilar bilan qaysi tilda gaplaşasiz?
Men ingliz tilida muloqot qilaman. Ular tuşunadi. Şuningdek, tarjimon ham bor. Bugungi kunda tarjimon bizga juda zarur. Özbek tilini örganişim qiyin, sababi avval inglizçada yaxşiroq gapirişni özlaştirişim kerak.Sizning Osiyo bilan aloqangiz kuçli: BAA, Xitoy, endi esa Özbekiston. Buning sababi nima?
Bu şunçaki imkoniyatlar edi. Men bir joyda tinç yaşay olmayman. Oddiy, ananaviy murabbiylik yölini xohlaganman, lekin menga bunday yöl nasib qilmagan. “Udineze” men uçun katta tajriba bölgan. Hozir boşqa yerda tajriba töplayapman, lekin baribir italiyalik murabbiyman va bir kun kelib öz yurtimga qaytib, Italiyada ham nimalarga qodirligimni isbotlamoqçiman.