2 nafar ekologiya inspektori pora bilan qölga tuşdi
12-12-2025, 11:26
116 марта

Toşkentda 2 nafar ekologiya inspektori pora bilan qölga tuşdi
Toşkentda ikki nafar ekologiya inspektori daraxtlarni köçiriş uçun hujjatlarni rasmiylaştirib beriş evaziga pora olayotganida qölga tuşdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi.Qayd etilişiça, ekologiya inspektori lavozimida işlovçi 2 xodim arizaçidan dökon quriş uçun ajratilgan Yaşnobod tumanida joylaşgan bir sotix yerga ekilgan turli ölçamdagi daraxtlarning qurigan novdalarini butab, qurimaganlarini boşqa joyga köçirişga şaroit yaratiş hamda jarima solmagan holda, ruxsatnoma rasmiylaştirib beriş evaziga 3 ming dollar talab qilgan.
Ular kelişilgan pulni olgan vaqtlarida daliliy aşyolar bilan uşlandi. Uşbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan iş oçilgan.
Boşqa bir holatda esa fuqaro murojaat qilib, özini “Toşkentboşplan” davlat unitar korxonasi huquqşunosi deb taniştirgan şaxs Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan uyini ikki qavat qilib rekonstruktsiya qiliş uçun ruxsatnoma olib berişini aytib, 10 ming dollar pul talab qilayotganligini bildirgan.
Korxona mamuriy binosida ötkazilgan tadbirda “Huquq, Mantiq, Muvofiqlik” advokatlik byurosining advokat yordamçisi talab qilingan pulni olgan vaqtida daliliy aşyolar bilan uşlandi.