Şavkat Mirziyoyev: Markaziy Osiyo — tinçlik va yaxşi qöşniçilik makoni
12-12-2025, 14:12
149 марта

Nutqda Turkmanistonning doimiy betaraflik siyosati suverenitetni hurmat qiliş va içki işlarga aralaşmaslik tamoyillarini faol tinçlikparvar diplomatiya bilan uyğunlaştiriş mumkinligini namoyon etayotgani qayd etildi. Prezident Aşxobodda BMTning Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi faoliyat yuritayotganini buning yaqqol dalili sifatida körsatdi.
Şavkat Mirziyoyev «Yangi Özbekiston» uçun jahonga oçiqlik, özaro hurmat va muloqotga intiliş fundamental qadriyatlar ekanini takidlab, umumiy xavfsizlik va farovonlik yölida birdamlik böyiça Samarqand taşabbusi ilgari surilganini eslatdi. Unga köra, tinçlik, totuvlik va barqaror taraqqiyot uçun intiluvçi barça tomonlarni muloqotga jalb etiş asosiy maqsad etib belgilangan.
Şu bilan birga, Özbekistonning Qöşilmaslik harakatidagi bölajak raisligi davrida tinçlik va zöravonlikdan xolilik madaniyatini qöllab-quvvatlaş, davlatlar örtasida işonçni mustahkamlaş hamda jahonda bağrikenglik, hamjihatlik va birdamlik muhitini qaror toptirişni ustuvor yönaliş sifatida belgilaş rejalaştirilayotgani aytildi.
Prezident, şuningdek, 2027 yilni «Preventiv diplomatiya yili» deb elon qiliş taşabbusini ilgari suriş niyati borligini bildirib, uning doirasida konferentsiya va forumlar, parlament, jamoat va yoşlar delegatsiyalarining özaro almaşuvlarini qamrab oladigan tadbirlar dasturi qabul qilinişi rejalaştirilayotganini malum qildi.
Nutqda Turkmanistonning 2025 yilni «Xalqaro tinçlik va işonç yili» deb elon qiliş taklifi jahon hamjamiyatining dolzarb ehtiyojlariga mos kelişi qayd etildi. Özbekiston mazkur taşabbusni qöllab-quvvatlagani va BMT Boş Assambleyasining tegişli rezolyutsiyasi hammuallifi bölgani takidlandi.
Markaziy Osiyoda özaro işonç, hurmat va jipslik tamoyillari mintaqani tinçlik, hamkorlik va yaxşi qöşniçilik makoniga aylantiriş siyosati asosi ekani alohida takidlandi. Davlat rahbari ötgan oy Toşkentda ötgan mintaqa davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuvi hamjihatlikni mustahkamlaş va mintaqada tinçlik hamda barqarorlikni taminlaş böyiça birgalikdagi harakatlarga tayyorlikni yana bir bor namoyon etganini qayd etdi.
Forum doirasida gumanitar hamkorlikni kuçaytiriş taşabbuslari ham ilgari surildi. Xususan, kelgusi yili Toşkentda ijodiy jamoalar, olimlar va adiblar iştirokida «Madaniyatlar muloqoti» qöşma xalqaro gumanitar forumini taşkil etiş, şuningdek, yoşlarni tinçlik va işonç jarayonlariga jalb qilişga qaratilgan «Yoşlar tinçlik va işonç yölida» mintaqaviy dasturini joriy etiş taklif etildi.