“Mening aybim yöq”. Pokistonda özbekistonlik ayol hibsda saqlanmoqda
13-12-2025, 13:04
130 марта

“Mening aybim yöq”. Pokistonda özbekistonlik ayol hibsda saqlanmoqda
Özbekistonning Pokistondagi elçixonasi xodimi Karaçi şahrida joylaşgan Markaziy ayollar qamoqxonasiga borib, mazkur muassasada vaqtinça saqlanayotgan özbekistonlik ayol bilan suhbat uyuştirdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.Özbekiston fuqarosi Pokistonga 2024 yil dekabrda Maldiv fuqarosi bölgan şariy nikohdagi turmuş örtoği bilan tadbirkorlik qiliş maqsadida borgan. U şu yilning yanvar oyida giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullangan guruhga turmuş örtoği bilan şeriklikda gumonlanib, hibsga olingan va Karaçi şahridagi Markaziy ayollar qamoqxonasiga joylaştirilgan. Ayni paytda sud jarayoni davom etyapti.
Fuqaro xorijlik turmuş örtoğining yolğon vadalariga işonib, Pokistonga kelgani va gihyovand moddalar savdosiga umuman aloqasi yöqligini takidlagan holda, elçixonaga ozodlikka çiqişiga yordam sörab murojaat yöllagan.
Özbekiston diplomatlari fuqaroning murojaati asosida u bilan bir neça bor suhbat ötkazgan. Tergov tafsilotlari örganilgan.
Özbekistonlik ayolning aytişiça, diplomatik vakolatxona xodimlarining mazkur işga aralaşuvidan söng, unga qöyilgan ayblovlar xolis körib çiqilyapti.
“Özbekiston elçixonasi kömagida menga yangi advokat yollandi. Men özimni butunlay aybsiz, deb bilaman. Afsuski, turmuş örtoğimning yolğon vadalariga işonib, öz ona vatanimni taşlab bu yerlarga kelib, şu holatga tuşib qoldim. Mamlakatimiz diplomatlari mening holimdan doim xabar olib turibdi. Fursatdan foydalanib, davlat rahbariga va diplomatlarga xorijiy davlatda bölgan fuqarosini öz holiga taşlab qöymagani va mening ozodlikka çiqişim uçun amalga oşirayotgan harakatlari uçun minnatdorlik bildiraman”, degan ayol.