USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Myanmada odam savdosi qurboniga aylangan Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston fuqarolari öz vataniga qaytarildi

196 марта
Myanmada odam savdosi qurboniga aylangan Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston fuqarolari öz vataniga qaytarildi

Ular internetda yuqori maoşli iş taklifi bilan Tailandga borgan. Biroq aldov yöli bilan noqonuniy ravişda Myanma hududiga olib ötilgan va u yerda odam savdosi bilan şuğullanuvçi jinoiy guruhlar qöliga tuşib qolgan.
Foto: dunyo.info

Özbek, qozoq va qirğiz fuqarolari diplomatik vakolatxonalar kömagida Myanmadan vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Malum qilinişiça, Özbekiston Respublikasining Bangkok şahridagi Boş konsulxonasiga bir guruh fuqarolar Myanmada odam savdosi qurboni bölgani va vatanga qaytişda yordam sörab murojaat qilgan.


Murojaatçilarning sözlariga köra, ular Tailandga internetda yuqori maoşli iş taklifi bilan kelişgan. Ularga Özbekistondan bepul aviaçipta taqdim etilgan. Biroq Tailandga yetib kelganidan söng aldov yöli bilan Myanma hududiga noqonuniy ravişda olib ötilgan va odam savdosi bilan şuğullanuvçi jinoiy guruhlar qöliga tuşib qolgan. U yerda esa ularni firibgarlik koll-markazlarida işlaşga majburlaşgan. Noqonuniy harakatlarni amalga oşirişdan boş tortgan fuqarolar jismoniy zöravonlik va tahdidlarga duçor bölgan.


Şuningdek, Myanmada xuddi şunday vaziyatda Qozoğiston va Qirğiziston fuqarolari ham odam savdosi qurboniga aylangani aniqlangan. Qirğizistonning Tailandda diplomatik vakolatxonasi yöqligini inobatga olib, qöşni davlat iltimosiga köra, Özbekiston va Qozoğiston diplomatlari uşbu fuqarolarni ham vatanga qaytarişni taşkil etişda amaliy yordam körsatgan.



Myanma va Tailandning vakolatli organlari bilan olib borilgan kelişilgan harakatlar va muzokaralar natijasida Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston fuqarolari ozod qilinib, Maesot (Tailand) çegara punktida Özbekiston va Qozoğiston diplomatlariga topşirilgan. Ozodlikka çiqarilgan şaxslarga vaqtinçalik turar joy va oziq-ovqat berilgan.

2025 yil 9 dekabr kuni Özbekiston va Qozoğistonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonalari kömagida fuqarolar öz vatanlariga qaytarilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: