Tojikiston Özbekistondan elektr energiya olişni boşladi

Tojikistonda energiya taminoti bilan boğliq vaziyat qöşni Özbekistondan elektr energiyasi yetkazib beriş orqali malum darajada yaxşilandi, deb xabar berdi «Aziya Plyus» 15 dekabr kuni mamlakat Energetika va suv resurslari vazirligiga tayanib.
Ayni paytda Tojikiston Özbekistondan 2 million kVt·soat elektr energiyasi olmoqda.
Bundan taşqari, Energetika vazirligi energetika vazirlari darajasida Qozoğiston va Turkmanistondan elektr energiyasini yetkazib beriş böyiça dastlabki kelişuvlarga erişilganini malum qildi. Hozir uşbu mamlakatlardan yetkazib beriş bilan boğliq texnik masalalarni hal qiliş ustida iş olib borilmoqda.
Tojikiston taşqi bozorlarga faqat mamlakatning janubi-ğarbiy qismida Özbekiston energiya tizimi (500 kVt «Regar-Ğuzor» elektr uzatiş liniyasi) orqali çiqadi. Turkmaniston va Qozoğiston elektr energiyasi tranzitini taminlaş uçun Özbekiston energetika tizimining ötkazuvçanlik qobiliyatini hisobga olgan holda masalalarni muvofiqlaştiriş zarur.