Eng xavfsiz mamlakatlar elon qilindi. Özbekiston neçançi örinda?
18-12-2025, 21:01
921 марта

Eng xavfsiz mamlakatlar elon qilindi. Özbekiston neçançi örinda?
Iqtisodiyot va tinçlik instituti (Institute for Economics & Peace, IEP) mamlakatlarning xavfsizlik va tinçlik darajasini baholovçi Global Peace Index 2025 reytingini elon qildi. Joriy yilda indeks 163 ta davlat va hududni qamrab olgan bölib, ular sayyora aholisining 99,7 foizini taşkil etadi.Hisobot xulosalariga köra, dunyo tobora xavfli bölib bormoqda. Xususan, tadqiqot mualliflarining qayd etişiça, global tinçlik darajasi pasayişda davom etmoqda, yirik mojarolarga olib keluvçi köplab omillar esa eng yuqori darajaga yetgan.
Tinçlik indeksi qanday hisoblanadi?
Global Peace Index 23 ta körsatkiç asosida tuziladi va ular uç guruhga birlaştirilgan:
- jamoat xavfsizligi va himoyalanganlik darajasi;
- içki va xalqaro mojarolarning mavjudligi;
- militarizatsiya darajasi.
2025 yilda dunyo böyiça örtaça tinçlik körsatkiçi 0,36 foizga yomonlaşgan. Bu umumiy vaziyat ketma-ket oltinçi yil davomida pasayib borayotganini anglatadi.
Dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlar
Reyting yetakçisi ketma-ket 17 yil davomida Islandiya bölib qolmoqda. Eng tinç beş mamlakat quyidagilar:
- Islandiya;
- Irlandiya;
- Yangi Zelandiya;
- Avstriya;
- Şveytsariya.

Hisobot mualliflari bu davlatlar “ijobiy tinçlik”ning yuqori darajasi – barqaror institutlar, jamiyatdagi işonç va zöravonlikning past darajasi bilan ajralib turişini qayd etgan.
Garçi Ğarbiy va Markaziy Yevropada xavfsizlik darajasi ketma-ket törtinçi yil pasayayotgan bölsa-da, mazkur mintaqa hanuzgaça dunyodagi eng tinç hudud hisoblanadi.
Reytingning eng quyi qismida mualliflar eng xavfsiz bölmagan deb baholagan davlatlar joy olgan:
- Rossiya;
- Ukraina;
- Sudan;
- Kongo Demokratik Respublikasi;
- Yaman.

Özbekiston ötgan yilgidan 2 poğona kötarilgan va umumiy reytingda 64-örinni egallagan. Şuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari reytingda quyidagiça joy olgan:
- Qozoğiston – 56;
- Qirğiziston – 78;
- Tojikiston – 79;
- Turkmaniston – 78.