Özbekiston GovTeç indeksida top-10 likka kirdi
20-12-2025, 09:23
100 марта

Özbekiston GovTeç indeksida top-10 likka kirdi
Jahon banki tomonidan elon qilib boriladigan Davlatlarning texnologik yetuklik indeksi (GovTeç Maturity Index, GTMI) 2025 natijalariga köra, Özbekiston 9-örinni egalladi. Bu haqda Jahon banki hisobotida keltirilgan.Unga köra, 2020 yilga nisbatan Özbekiston 71 poğonaga yuqorilab, indeks qiymatini 0,617 dan 0,958 ga yetkazgan. Natijada Özbekiston A guruhi – “GovTeç’ning yuqori darajadagi yetukligi” (Extensive GovTeç Maturity) toifasida öz örnini mustahkamlagan.
Indeks davlat boşqaruvida raqamli transformatsiya darajasini törtta yönaliş böyiça baholaydi: asosiy davlat tizimlari, onlayn davlat xizmatlarini körsatiş, fuqarolarning raqamli iştiroki hamda GovTeç rivojlanişini qöllab-quvvatlovçi omillar.
2025 yilgi natijalarga köra, Özbekiston Markaziy Osiyoda 1-örinni egallagan. Şuningdek, reytingda yuqori örinni egallagan top-10 mamlakatlar – Janubiy Koreya, Avstraliya, Hindiston, Kanada kabi davlatlar qatoridan joy olgan.
Şuningdek, GTMI natijalari Özbekistonning sönggi yillarda izçil ösiş dinamikasini yaqqol namoyon etadi. Xususan, 2020 yilda Özbekiston 80-örinda (0,617 ball) qayd etilgan bölsa, 2022 yilda 43-öringa (0,813 ball) kötarilgan, 2025 yilda esa 9-örinni (0,958 ball) egallagan.