Rossiyadagi hibsxonada tuğilgan qizaloq Özbekistonga olib kelindi
23-12-2025, 23:15
416 марта

Rossiyadagi hibsxonada tuğilgan qizaloq Özbekistonga olib kelindi
Özbekistonning Vladivostok şahridagi boş konsulxonasi tomonidan Rossiyadagi huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda Yoqutiston – Saxa Respublika oilaviy tarbiyaga kömaklaşiş markazida yaşayotgan 1 yoşli S.M. vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.Qayd etilişiça, Rossiyaning Saxa Respublikasi (Yoqutiston)da mehnat faoliyatini yuritayotgan özbekistonlik xatoga yöl qöyib, jinoiy javobgarlikka tortilgan. U öta yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanişiga aloqadorligi uçun Yoqutiston şahar sudi tomonidan 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Uning farzandi hibsxonada tuğilgan. Qizaloq tuğilgandan söng Respublika oilaviy tarbiyaga kömaklaşiş markaziga topşirilgan.
Mahkuma ayolning onasi bolani olib ketiş uçun Saxa Respublikasiga borgan va Özbekistonning Vladivostokdagi Boş konsulxonasiga yordam sörab murojaat qilgan. Boş konsulxona tomonidan Rossiya Taşqi aloqalar va xalqlar işlari vazirligi Yoqutiston okrugi mamuriyatining Vasiylik va homiylik departamentiga aloqaga çiqilgan. Departament bilan bolani buvisiga beriş böyiça muloqot amalga oşirilgan. Qizçani buvisiga qaytariş böyiça bola huquqlarini himoya qiliş sohasidagi xalqaro konventsiyalar asosida tegişli hujjatlar tayyorlangan.
Şundan söng, Boş konsulxona tomonidan bolani Özbekistonga qaytariş uçun maxsus sertifikat rasmiylaştirilgan. Rossiya hukumati kömagida qizça belgilangan tartibda buvisiga topşirilgan.
Yoqutistondagi özbek diasporasi faollari kömagida buvi va nabiraga Yoqutiston–Novosibirsk–Toşkent yönalişi böyiça aviaçiptalar xarid qilinib, eson-omon Özbekistonga qaytarilgan.