Özbek sömini yoqib, tamaki tutatgan xorijliklar jazolandi
27-12-2025, 17:37
768 марта

Özbek sömini yoqib, tamaki tutatgan xorijliklar jazolandi
Sirdaryo viloyatida xorijlik işçilar Özbekistonning milliy valyutasi hisoblanuvçi sömni yoqib, tamaki tutatgani haqida xabar berilgan edi. Uşbu holat videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, jamoatçilikning keskin muhokamasiga sabab böldi. Mazkur holat böyiça Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şohruh Ğiyosov munosabat bildirdi.Qayd etilişiça, Sirdaryo viloyati içki işlar organlari xodimlari tomonidan uşbu harakatni sodir etgan şaxslar aniqlanib, ular bilan tuşuntirişlar olib borilgan. Voqea yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisida kodeksining 184-3-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylaştirilib, körib çiqiş uçun jinoyat işlari böyiça Sirdaryo tuman sudiga yuborilgan.
Sud hukmiga köra, aybdor şaxslarning har biriga bazaviy hisoblaş miqdorining 100 barobari (41 mln 200 ming söm) miqdorda jarima jazosi tayinlangan.
“Assalomu alaykum. 23 dekabr sanasida Özbekiston valyutasini olib yoqdik. Men bu qilgan işimni notöğriligini anglab yetdim. Butun Özbekiston xalqidan uzr sörayman. Qilgan işimdan puşayman”, deydi işçilardan biri.