Xorazmda noqonuniy yoqib yuborilgan dala maydonlari hajmi 31 ta holat 99,5 gektarga yetdi
27-06-2025, 17:43
129 марта
Xorazmda noqonuniy yoqib yuborilgan dala maydonlari hajmi 31 ta holat 99,5 gektarga yetdiUzcosmos agentligining davlat kosmik monitoringi dasturi doirasida olib borilgan kuzatişlar natijasida iyun oyining bugungi kuniga qadar respublikaning 10 ta viloyatida 639 ta mana şunday salbiy holat böyiça 5350 gektar maydon noqonuniy tarzda yoqib yuborilgani malum böldi.
Kosmik tahlillar hudular kesimida quyidagiça taqsimlanmoqda:
Toşkent viloyatida 27 ta holat 413,5 gektar;
Sirdaryo viloyatida 32 ta holat 341,9 gektar;
Jizzax viloyatida 7 ta holat 74,9 gektar;
Buxoro viloyatida 16 ta holat 96,3 gektar;
Andijon viloyatida 248 ta holat 2345,7 gektar;
Farğona viloyatida 13 ta holat 66,2 gektar;
Namangan viloyatida 3 ta holat 36,7 gektar;
Surxondaryo viloyatida 253 ta holat 1823 gektar;
Xorazm viloyatida 31 ta holat 99,5 gektar;
Qoraqalpoğiston Respublikasida 9 ta holat 52 gektar.
Mazkur vaziyatlar böyiça tezkor axborotlar Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi, Ekologiya, atrof – muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi hamda boşqa tegişli idoralarga yuborilgan.
Boşoqli don ekinlaridan böşagan maydonlarni tez va arzon yöl bilan yöq qilib yuborişga bölgan harakat Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan bazaviy hisoblaş miqdorining 10 barobarigaça jarima qöllaşga sabab böladi. Zarar miqdori katta bölgan taqdirda hattoki jinoiy javobgarlikkaça olib borişi mumkin.