Xorazmda talim sifati past bölgan 9 ta maktablar röyxati tasdiqlandi
2-06-2025, 16:04
2 321 марта
Xorazmda talim sifati past bölgan 9 ta maktablar röyxati tasdiqlandi Maktabgaça va maktab talimi vazirligining tegişli buyruği bilan Özbekistonda talim sifati past bölgan maktablar röyxati tasdiqlandi.
2025/26-öquv yili uçun talim darajasi yuqori bölmagan maktablar röyxatiga 460 ta maktab kiritildi. Bunday maktablarning eng köpi — 99 tasi Qaşqadaryo viloyatida joylaşgan.
Qolgan hududlarda talim darajasi yuqori bölmagan maktablar soni quyidagiça:
Samarqand viloyatida — 86 ta;
Surxondaryo viloyatida — 70 ta;
Jizzax viloyatida — 36 ta;
Namangan viloyatida — 34 ta;
Sirdaryo viloyatida — 32 ta;
Farğona viloyatida — 29 ta;
Qoraqalpoğistonda — 24 ta;
Andijon viloyatida — 23 ta;
Navoiy viloyatida — 16 ta;
Xorazm viloyatida — 9 ta;
Buxoro viloyatida — 5 ta.
“Xalq talimi info” portali malumotlarida keltirilişiça, 2023-yilda şunday maktablar röyxatda 642 ta, 2024-yilda 545 ta edi. Bu yil talim sifati past bölgan maktablar soni 75 taga qisqargan.
Talim sifati past bölgan maktablarga boşqa hududlardan jalb etilgan öqituvçilarga ustama tölanadi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yildagi qarori bilan tasdiqlangan nizomga köra, oliy malumotga va birinçi yoki oliy malaka toifali, kamida 1 yil pedagogik iş stajiga ega öqituvçilar talim sifati past bölgan maktablarga boşqa hududlardan jalb etilgan taqdirda ularga 50 foizdan 100 foizgaça ustama tölanadi.
Bunda boşqa hududlardan jalb etilgan öqituvçilarga quyidagiça miqdorda qöşimça haq tölanadi:
bir viloyat doirasida boşqa tuman va şaharlardan kelib faoliyat yuritadigan öqituvçilarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
boşqa viloyatdan kelib faoliyat yuritayotgan öqituvçilarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz ustama.
Agar pedagog amalda işlayotgan iş joyida direktor jamğarmasi hisobidan ustama olayotgan bölsa, bu ustamalar talim sifati past bölgan maktabda iş boşlagan taqdirda ham bir öquv yili davomida saqlanib qoladi.